Abramovich «Chelsi»dan tushgan pullarni Ukrainaga berishni istamayapti
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Londonning «Chelsi» klubini sotishdan tushgan pullarni Ukraina hukumatiga berishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan yili Abramovich London klubini amerikalik biznesmen Todd Bouliga sotishdan 2,3 mlrd yevro daromad olgan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun mablag‘ o‘tkazish talabi bilan chiqqan.
Abramovichning o‘zi pul Rossiya va Ukraina o‘rtasida taqsimlanishini istaydi. U mablag‘ning bir qismini mojaro natijasida jabr ko‘rgan vatandoshlariga jo‘natmoqchi.
Abramovich «Chelsi»ni 2003 yilda 140 million funtga sotib olgandi. O‘shandan beri London klubi besh marta Premer-ligada g‘olib chiqdi, ikki marta Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi, besh marta Angliya kubogi va uch marta Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter