96 yoshli amerikalik qariyb 80 yildan so‘ng maktabni tugatdi

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Raymond Shefer o‘z diplomini Viskonsin shtatidagi Waterford Union maktabidan oldi. G‘ayrioddiy bitiruvchi 96 yoshda, deb xabar beradi Insider.
Shefer oilasiga yordam berish va armiyada xizmat qilish uchun 1940-yillarda Rasin okrugidagi qishloq xo‘jaligi maktabida o‘qishni tashlagan, ammo keyinchalik u frontga ketgan.
Urushdan qaytib, Shefer bir necha o‘n yillar davomida asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qilgan. 1959 yilda Rasindagi maktab yopilgan va keyinchalik u o‘qishni tugata olmaganidan qattiq afsuslangan.
«U shunday degan edi: «O‘rta maktab diplomini olsam edi, lekin men vaqtida aqlsizlik qilganman». Aslida, bunday emas. U oilaga yordam berish uchun o‘qishni tashladi», – deydi oilaning do‘sti Sintiya Bennet.
Veteranga maxsus tashkil etilgan marosimda diplom topshirildi. Bayram davomida 96 yoshli bitiruvchiga an’anaviy bitiruvchilar kiyimi ham sovg‘a qilingan.
Tadbirda Sheferning do‘stlari va oilasi, mahalliy Waterford Union o‘rta maktabining hozirgi o‘quvchilari hamda musiqiy chiqishlarni ijro etadigan orkestr ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter