Andijonda AI-80 benzinni AI-92 yoki AI-95 markali benzin deb sotayotgan «zapravka»lar aniqlandi
Andijon viloyatiga 500 tonna Ai-80 markali benzin keltirilgan bo‘lsa-da, haydovchilardan ushbu turdagi benzin yetishmayotgani haqida shikoyatlar kelib tushmoqda, deb xabar bermoqda Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov.
Ta’kidlanishicha, viloyatda faoliyat olib borayotgan kuz-qish shtabiga benzin sifati va uning yetishmovchiligi bo‘yicha muroajatlar ko‘paygan. Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi va organlar tomonidan o‘rganligan. Natijada bir qator «zapravka»larda shunday holat aniqlangan va mutasaddilarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Andijon hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sirojiddin Muxtorovga ko‘ra, 14-15 dekabr kunlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi AYoQShlardan olingan 17 ta namunadan 7 tasida belgilangan me’yorlarga javob bermagani aniqlangan. Bu kabi reydlar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham shunday o‘rganishlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Energetika vazirligi noyabr oyida 6,1 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olingani haqida xabar bergandi.
Yil boshida esa AI-80 benzinini AI-92 deb sotgan «zapravka»lar fosh qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter