Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-sinf o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketganligi taxmin qilinmoqda (foto)

8-sinf o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketganligi taxmin qilinmoqda (foto)

Foto: FVB

Namanganda 13 yoshli bola daryoda cho‘kib ketgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Namangan viloyati FVB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 5-avgust kuni soat 18:40larda Uchqo‘rg‘on tumani O‘rdabog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini Mustaqillik ko‘chasi 54-uyda yashagan, sudlanmagan, 42-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan, 2008-yilda tug‘ilgan A.R Uchqurg‘on tumani Qo‘prikboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi «Norin» daryosiga ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketganligi taxmin qilinmoqda.

Shu sababli hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in qutqaruv otryadi suvda qidiruv qutqaruv guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda suv osti va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring