8-may. Lavuaze fojiasi, ajal vulqoni, Uchinchi reyxning tiz cho‘ktirilishi va boshqa voqealar
![8-may. Lavuaze fojiasi, ajal vulqoni, Uchinchi reyxning tiz cho‘ktirilishi va boshqa voqealar](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1251533303.jpg)
Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari kuni.
- Ozodlik kuni (Norvegiya).
- G‘alaba kuni (Chexiya).
- Xotira va murosa kuni (Ukraina).
Voqea-hodisalar
- 1541-yil — Ispan konkistadori va sayyohi Ernando de Soto Missisipi daryosini ochdi.
- 1713-yil — Rossiya poytaxti Moskvadan Sankt-Peterburg shahriga ko‘chirildi.
- 1794-yil — Fransuz inqilobi tribunali hukmi bilan buyuk olim, zamonaviy kimyo fani asoschisi Antuan Lavuaze qatl etildi.
- 1842-yil — Versal temiryo‘l halokati natijasida kamida 55 kishi qurbon bo‘ldi.
- 1886-yil — doktor Jon Pemberton «Coca-Cola» ichimligini ishlab chiqardi.
- 1895-yil — Xitoy Tayvanni Yaponiyaga topshirdi.
- 1898-yil — Joshua Slokamning «Sprey» qayig‘idagi dunyo aylana sayohati nihoyasiga yetdi.
- 1902-yil — Mon-Pele (Martinika) vulqoni otilishi 20 mingdan ziyod insonning halokatiga olib keldi.
- 1903-yil — Birinchi haqiqiy dirijabl — «Lebodi» 37 kilometrlik ilk parvozini amalga oshirdi.
- 1945-yil — Berlin yaqinidagi Karlsxorst shaharchasida Germaniyaning Ikkinchi jahon urushida so‘zsiz mag‘lubiyatga uchragani haqidagi hujjat imzolandi. AQSh va G‘arbiy Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida G‘alaba kuni sifatida nishonlanadi.
- 1962-yil — Londonda so‘nggi trolleybuslar qatnovdan olindi.
- 1967-yil — «Kuin Meri» va «Kuin Elizabet» kemalari kapitanlari o‘z kemalarini ekspluatatsiyadan chiqarish haqida buyruq olishdi. Bu kemalar yo‘lovchi floti tarixidagi eng mashhur va ulkan suzuvchi qurilmalar edi.
- 2004-yil — Germaniya politsiyasi 18 yoshli «Sasser» kompyuter virusi asoschisini hibsga oldi.
Tavallud kunlari
- 1737-yil — Eduard Gibbon, ingliz tarixchisi.
- 1753-yil — Migel Idalgo, Meksika inqilobi yetakchisi.
- 1828-yil — Anri Jan Dyunan, shveysar filantropi, «Qizil xoch» xalqaro jamiyatini tuzish tashabbuskori, Nobel tinchlik mukofotining birinchi sohibi (1901).
- 1884-yil — Harri Trumen, AQShning 33-prezidenti.
- 1902-yil — Andre Lvov, fransuz mikrobiologi, genetik kodni ochgan, Nobel mukofoti sohibi.
- 1916-yil — Joao Avelanj, braziliyalik sport arbobi, FIFAning ko‘p yillik prezidenti (1974 —1998 yillar).
- 1926-yil — Devid Attenboro, britan zoologi va tabiatshunosi, hayvonlar haqida ko‘rsatuvlar muallifi.
- 1975-yil — Enrike Iglesias, ispan qo‘shiqchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter