Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-aprel. Sulton Beybars, Argentina-Braziliya urushi, Kofi Annan 80 yoshda va boshqa voqealar

8-aprel. Sulton Beybars, Argentina-Braziliya urushi, Kofi Annan 80 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Voqea-hodisalar

  • 1185-yil — Vizantiya imperatori Isaak II Angel o‘z akasi Aleksey tomonidan taxtdan ag‘darildi.
  • 1271-yil — mamluklar sultoni Beybars salibchilarning Suriyada joylashgan Krak-de-Shevale qal’asini zabt etdi.
  • 1513-yil — ispan dengizchisi Xuan Ponse de Leon Florida(hozir AQSh shtati)ni Ispaniya mulki deb e’lon qildi.
  • 1525-yil — Krakov shartnomasi tuzildi va Polsha-Tevton urushi nihoyasiga yetdi.
  • 1548-yil — Peru Ispaniya hududi deb e’lon qilindi.
  • 1605-yil — shved qiroli Karl XI Oulu shahriga asos solishga farmon berdi. Hozir u Finlyandiyaning yirik shaharlaridan biridir.
  • 1766-yil — AQShda o‘t o‘chiruvchilar narvoniga patent olindi.
  • 1827-yil — Argentina-Braziliya urushi: ikki mamlakat flotlari o‘rtasida Monte Santyago yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda Braziliya floti g‘alaba qozondi.
  • 1853-yil — rasmiy ro‘yxatga olingan birinchi shaxmat klubi ochildi.
  • 1864-yil — AQShdagi fuqarolar urushi: Mansfild bo‘sag‘asidagi jangda Richard Teylor qo‘mondonligidagi konfederatsiya kuchlari zafar qozondi.
  • 1911-yil — suyuq geliy haroratigacha sovutilgan simob xususiyatlarini o‘rganayotgan Xeyke Kamerling-Onnes yuqori o‘tkazuvchanlik hodisasini kashf qildi.
  • 1928-yil — sobiq SSSRda cherkov yuridik shaxs maqomidan mahrum etildi.
  • 1990-yil — Skagerrak bo‘g‘ozida Norvegiyadan Daniyaga suzib ketayotgan «Skandinavian star» paromi halokatga uchradi. Ro‘yxatga ko‘ra paromda 362 yo‘lovchi, 95 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 141 kishi halok bo‘lgan. Halokatga ekipaj va kema egalarining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sabab qilib keltirilgan.

Tavallud kunlari

  • 1859-yil — Edmund Gusserl, nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi.
  • 1875-yil — Albert I, Belgiya qiroli.
  • 1904-yil — Jon Richard Xiks, ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti laureati.
  • 1911-yil — Melvin Kalvin, amerikalik biokimyogar, kimyo yo‘nalishida Nobel mukofoti laureati.
  • 1938-yil — Kofi Annan, ganalik diplomat, BMT bosh kotibi (1997 — 2006-yillar).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring