Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

67 kun dengizda suzib yurgan erkak tirik topildi

67 kun dengizda suzib yurgan erkak tirik topildi

Kamchatka qirg‘og‘ida ikki oy avval yo‘qolgan qayiqda tirik odam topildi —  uning yonida ikki jasad ham bor edi.

4 avgust kuni Mixail (46 yosh), Sergey (49 yosh) va Ilya Pichugin (15 yosh) kitlarni tomosha qilish uchun dengizga chiqishadi va adashib qolishadi. Qayiq 67 kundan keyin topildi. Tirik qolgan Mixail juda ko‘p — 50 kg vazn yo‘qotgan, akasi va jiyani esa halok bo‘lgan.

Omon qolgan Mixail Pichugin  qayiqda sodir bo‘lgan voqeani aytib berdi.

Qayd etishicha, 6 avgust kuni qayiqning motori ishdan chiqadi va ular qirg‘oq tomon 60 km eshkak eshishadi, lekin eshkak sinib ketadi, keyin langar ishdan chiqadi. Doimiy harakatlanuvchi kemalar va vertolyotlar ularni sezishmaydi.

Oziq-ovqat uchun ularda konsentratlar, konservalangan no‘xat va tutgan baliqlari bor edi. Bir yarim oycha o‘tib, 18 sentyabr kuni 15 yoshli Ilya ochlikdan o‘ladi. Otasi umidsizlikka tushib, qayg‘udan o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi, lekin Mixail uni suvdan olib chiqadi. O‘n kundan keyin Sergey ham ochlik sabab  vafot etadi.

Mixail o‘zining omon qolishiga uni uyda onasi va qizi kutayotgani kuch berganini aytadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring