64 yoshli yo‘lovchi avtobusda vafot etdi

2019-yilning 21-yanvar kuni Toshkent shahrida, TTZ — Yunusobod-6 dahasi yo‘nalishida harakatlanuvchi 24-avtobusda 1955-yilda tug‘ilgan fuqaro A.X.ning ahvoli yomonlashgan. Natijada u vafot etgan.
«UzNews.uz»ning xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga yurak huruji sabab bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi belgilangan. O‘lim sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter