Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

60 oyda mashina va’da qilganlar yarim milliarddan oshiq mablag‘ni o‘mardi

60 oyda mashina va’da qilganlar yarim milliarddan oshiq mablag‘ni o‘mardi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “B.A.” va “A.A.” MChJ rahbarlari avtolizing faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 10 nafar fuqaroga lizing krediti asosida 60 oy muddatga avtomashinalarni yetkazib berishni va’da qilib, avtomashinalarni yetkazib bermasdan ularning jami 547,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.    

Shu kabi, Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar B.G‘. va U.S. joriy yilning mart oyida “A.H.” MChJni tashkil etib, internet saytlari orqali “UzAutoMotors” kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi avtomashinalarni oldindan to‘lov evaziga 5-10 kun muddat ichida yetkazib berishlari haqida e’lonlar berib, 4 nafar fuqaroning jami 380,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring