6-may. «Qora penni», lordlar ayollarga qarshi, Leningrad qamalidagi futbol, Ostona 20 yoshda va boshqa voqealar
![6-may. «Qora penni», lordlar ayollarga qarshi, Leningrad qamalidagi futbol, Ostona 20 yoshda va boshqa voqealar](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1224440474.jpg)
Bayram va muhim sanalar
- Mehnat kuni (Antigua).
- Politsiya kuni (Gruziya).
- Armiya kuni (Bolgariya).
- Bahorni kutib olish bayrami (Turkiya, Ozarbayjon, Moldova).
- Hamshiralar kuni (AQSh).
- Jasorat kuni (Filippin).
Voqea-hodisalar
- 1527-yil — uzoq vaqt maosh olmagan nemis landsknextlari (yollanma piyoda askarlar) Rimga hujum qilib, shaharni talon-toroj qilishdi. Rim papasi Kliment VII qochib qutuldi.
- 1626-yil — holland mustamlakachisi Peter Minyoyt Manhettenni hindulardan 25 dollarlik taqinchoqlar evaziga sotib oldi. 1664 yil bu yer inglizlarga o‘tdi va ular Nyu-Yorkka asos solishdi.
- 1686-yil — Rossiya va Rech Pospolita (Polsha qirolligi va Litva buyuk knyazligi ittifoqi) o‘rtasida «Abadiy tinchlik» sulhi tuzildi.
- 1757-yil — Praga bo‘sag‘asidagi jang. Pruss qiroli Fridrix II ning 67 ming kishilik qo‘shini 61 ming askardan iborat Avstriya armiyasini mag‘lubiyatga uchratdi.
- 1833-yil — AQShda birinchi po‘lat plug ishlab chiqarildi.
- 1835-yil — «Nyu-York herald» gazetasining birinchi soni chop etildi.
- 1840-yil — birinchi pochta markasi — «Qora penni» chiqarilib, rasman muomalaga kiritildi.
- 1861-yil — Arkanzas AQSh tarkibidan chiqqan 9-shtatga aylandi.
- 1872-yil — Angliyada futbol kubogi ta’sis etildi.
- 1902-yil — XX asrning eng yirik kema halokatlaridan biri sodir bo‘ldi. Bengal ko‘rfazida to‘fonga yo‘liqqan «Kamorta» kemasi cho‘qib ketdi. Qurbonlar soni — 655 kishi.
- 1908-yil — aka-uka Raytlar uch yillik tanaffusdan so‘ng yangi parvozlarga kirishdi.
- 1914-yil — Britaniya lordlar palatasi ayollarga teng ovozlilik huquqini berishdan bosh tortdi.
- 1937-yil — Nyu-York yaqinida Germaniyaning «Gindenburg» dirijabli halokatga uchradi..
- 1940-yil — Norvegiya oltin zaxirasi Angliyaga keltirildi.
- 1942-yil — qamaldagi Leningradning «Dinamo» stadionida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
- 1946-yil — «Yak-182» o‘quv-mashq samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
- 1953-yil — ochiq yurakda operatsiya o‘tkazayotgan filadelfiyalik jarroh Jon Gibbon birinchi bo‘lib «sun’iy yurak-o‘pka» qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
- 1974-yil — GFR federal kansleri Villi Brandt iste’foga chiqdi.
- 1983-yil — Kamchatkada «An-26» samolyoti halokatga uchradi; 35 kishi halok bo‘ldi.
- 1986-yil — sobiq ittifoqda Cherobil AES halokati to‘g‘risida rasmiy xabar berildi.
- 1994-yil — Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Fransiya prezidenti Fransua Mitteran La-Mansh ostidan o‘tgan tunnelni tantanali ravishda ochishdi.
- 1998-yil — Qozog‘istonning yangi poytaxtiga Ostona nomi berildi.
- 1999-yil — Toshkent Islom universiteti tashkil etildi.
- 2007-yil — Fransiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Nikolya Sarkozi g‘olib chiqdi.
Tavallud kunlari
- 1758-yil — Maksimilian Robesper, Buyuk fransuz inqilobi namoyandasi.
- 1856-yil — Zigmund Freyd, psixoanaliz asoschisi.
- 1856-yil — Robert Edvin Piri, amerikalik qutb tadqiqotchisi, Shimoliy qutbga itlar qo‘shilgan chanada birinchi bo‘lib yetib borgan.
- 1868-yil — Gaston Leru, fransuz yozuvchisi, «Opera ruhi» romani yetti marta ekranlashtirilgan.
- 1870-yil — Amadeo Jannini, «Amerika banki» asoschisi.
- 1915-yil — Orson Uells, amerikalik kinorejissyor va aktyor, ikki karra «Oskar» sohibi.
- 1922-yil — Vladimir Etush, taniqli aktyor.
- 1938-yil — Safar Barnoyev, o‘zbek yozuvchisi.
- 1952-yil — Kristian Klave, fransuz aktyori va ssenariynavisi.
- 1953-yil — Toni Bler, Buyuk Britaniyaning 1997 — 2007-yillardagi bosh vaziri.
- 1961-yil — Jorj Kluni, Hollivud yulduzi.
- 1983-yil — Daniel Alves, braziliyalik futbolchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter