6-aprel. Sheryurakning halokati, Maradonaning chetlatilishi, Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi, «Iogann Vays» 85 yoshda va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Multfilmlar kuni.
- Tergov organlari xodimlari kuni (Rossiya).
Voqea-hodisalar
- 248-yil — Rim shahrining 1000 yilligi nishonlandi.
- 1199-yil — Fransiyaga qarshi urushda Angliya qiroli Richard Sheryurak halok bo‘ldi.
- 1320-yil — Shotlandiyaning mustaqilligini tasdiqlovchi Arbrot deklaratsiyasi qabul qilindi.
- 1362-yil — Brine jangi (Yuz yillik urush).
- 1652-yil — hollandiyalik Yan van Ribek Janubiy Afrikada Keyptaun fortiga asos soldi.
- 1712-yil — Nyu-Yorkda qullar isyoni boshlandi.
- 1748-yil — Pompey (Italiya) xarobalari topildi.
- 1776-yil — Blok-Aylend jangi (AQSh mustaqilligi uchun urush).
- 1814-yil — Napoleon I ning taxtdan tushishi va Burbonlar sulolasining tiklanishi.
- 1897-yil — Zanzibarda qullikning bekor qilinishi.
- 1899-yil — Moskvada birinchi elektr tramvay yo‘lga qo‘yildi.
- 1903-yil — Kishinyov qirg‘ini boshlandi. Yahudiy millatiga mansub 50 dan ortiq inson halok bo‘lgan, 600 dan ziyodi mayib qilingan.
- 1917-yil — AQSh Antanta tarafida turib Birinchi jahon urushiga qo‘shildi.
- 1938-yil — kimyogar olim Roy Plankett politetraftoretilen(teflon)ni kashf qildi.
- 1941-yil — nemis qo‘shinlari Yugoslaviya va Gretsiyaga bostirib kirdi.
- 1972-yil — Quyosh va fazoviy nurlanishlarni o‘rganish maqsadida Yerning «Kosmos-484» sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.
- 1973-yil — Saturn sayyorasi tomon AQShning sayyoralararo «Pioner-11» stansiyasi uchirildi.
- 1984-yil — Kokos orollari aholisi Avstraliyaga qo‘shilish uchun ovoz berdi.
- 1985-yil — birinchi sun’iy yurak amerikalik Uilyam Shryoderga o‘rnatildi.
- 1991-yil — Diyego Maradona kokain iste’mol qilgani uchun Italiya futbol ittifoqi tomonidan 15 oyga maydondan chetlatildi.
- 1994-yil — Kigali(Ruanda)da Ruanda hukumatining «Dassault Falcon» samolyoti raketa bilan urib tushirildi. Samolyot bortidagi jami 10 kishi, jumladan, tinchlik shartnomasini imzolagan Ruanda va Burundi prezidentlari halok bo‘ldi.
- 2009-yil — Rim(Italiya)dan 95 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Lakuila shahri yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
- 2010-yil — Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi boshlandi («Aprel voqealari»). Prezident Kurmanbek Bakiyev tuzumi ag‘darildi.
Tavallud kunlari
- 1810-yil — Filip Henri Gosse, ingliz tabiatshunosi, akvariumni ixtiro qilgan.
- 1836-yil — Nikolay Sklifosovskiy, mashhur rus jarrohi, pedagog, professor.
- 1928-yil — Jeyms Dyui Uotson, amerikalik genetik va biofizik, molekulyar biologiya asoschilaridan biri.
- 1933-yil — Stanislav Lyubshin, taniqli aktyor («Qilich va qalqon», «Kin-dza-dza»).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter