Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5-aprel. Hamma daraxt ekishga! Tambora fojiasi, Pun Limning qutqarilishi, Eronda adashgan sho‘ro askarlari va boshqa voqealar

5-aprel. Hamma daraxt ekishga! Tambora fojiasi, Pun Limning qutqarilishi, Eronda adashgan sho‘ro askarlari va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • O‘tganlarni xotirlash kuni (Malayziya, Honkong, Makao, Xitoy Respublikasi).
  • Daraxtlar ekish kuni (Janubiy Koreya).

Voqea-hodisalar

  • 56-yil (mil. avv.) — Rim triumvirlari (uchligi) — Sezar, Krass va Pompey hukumatni o‘zaro bo‘lishib olishdi (Birinchi Rim triumvirati).
  • 1242-yil — Muz ustidagi jang (Chud ko‘lidagi jang). Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi novgorodlik va vladimirliklar Livon ordeni ritsarlarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
  • 1340-yil — Arab floti Gibraltar bo‘g‘ozida ispan eskadrasini yengdi.
  • 1398-yil — Nemislar Gotland orolidan qaroqchilar (vitaliyalik birodarlar)ni quvib chiqarishdi.
  • 1453-yil — Turk sultoni Mehmed II Konstantinopolni qamal qilishni boshladi. May oyi oxirlarida shahar taslim bo‘ldi.
  • 1652-yil — Yan van Ribek boshchiligidagi ekspeditsiya Yaxshi umid burniga yetib keldi.
  • 1722-yil — Golland admirali Yakob Roggeven yetakchiligidagi ekspeditsiya Tinch okeanida Pasxa orolini kashf qildi.
  • 1792-yil —  Jorj Vashington AQSh tarixidagi birinchi prezident vetosini qo‘lladi.
  • 1795-yil — Bazel (Shveysariya)da Fransiya va Prussiya tinchlik shartnomasini imzoladi.
  • 1815-yil — Indoneziyaning Sumbava orolidagi Tambora vulqoni otila boshladi va bir hafta davom etdi. Bu insoniyat tarixidagi eng katta vulqon otilishlaridan biridir (undan ajralgan lava va kul hajmi 180 kub kilometrni tashkil etdi). 92 ming kishi nobud bo‘lgan.
  • 1818-yil — Santyago (Chili) yaqinida Xose Marti boshchiligidagi Janubiy Amerika qo‘shinlari ispan armiyasidan ustun keldi. Maypu yaqinidagi jang bilan ispanlarning Chilidagi hukmronligi barham topdi.
  • 1818-yil — Parijda baron Karl de Drez birinchi ikki g‘ildirakli harakatlanish vositasi (velosiped prototipi)ni namoyish qildi.
  • 1843-yil — Honkong Britaniya mulki deb e’lon qilindi.
  • 1896-yil — Afinada birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari boshlandi (6 — 15 aprel). Amerikalik uch hatlab sakrovchi Jeyms Konnoli birinchi olimpiya chempioni bo‘ldi.
  • 1913-yil — Nils Bor «Atomlar va molekulalar tuzilishi haqida» maqolasini yozib tugatdi va kvant nazariyasiga asos solindi.
  • 1918-yil — Yapon askarlari Vladivostokka tushirildi.
  • 1941-yil — Germaniya va Italiya qo‘shinlari Yugoslaviya va Gretsiyaga bostirib kirdi.
  • 1942-yil — Yaponiya havo kuchlari Seylonga dastabki bomba hujumini uyushtirdi.
  • 1943-yil — Braziliya qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar ingliz dengizchisi — 133 kunni solda o‘tkazgan Pun Limni qutqarib olishdi.
  • 1955-yil — Uinston Cherchill Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqdi.
  • 1961-yil — AQSh prezidenti Jon Kennedi Kubaga qarshi harbiy amaliyot boshlashga sanksiya berdi.
  • 1975-yil — «Soyuz-18-1» fazo kemasi uchirilishida raketa-tashuvchi portlab ketdi.
  • 1977-yil — Volga avtomobil zavodi konveyeridan birinchi «VAZ-2121» —«Niva» chiqdi.
  • 1978-yil — BMT bosh kotibi o‘rinbosari va sobiq ittifoqning BMTdagi favqulodda va muxtor elchisi Arkadiy Shevchenko AQShdan siyosiy boshpana so‘radi.
  • 1980-yil — Sobiq ittifoq va Afg‘oniston o‘rtasida sovet harbiy kontingentini Afg‘onistonga joylashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
  • 1982-yil — Afg‘oniston g‘arbidagi harbiy amaliyot chog‘i sovet qo‘shinlari yanglishib Eron hududiga o‘tib ketishdi.
  • 1983-yil — Josuslikda gumon qilingan 47 nafar sovet diplomati Fransiyadan chiqarib yuborildi.
  • 1992-yil — Bosniya va Gersegovina Yugoslaviya tarkibidan chiqishini e’lon qildi; Sarayeva qamali boshlandi.
  • 2005-yil — Asqar Akayev Qirg‘iziston prezidenti vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Tavallud kunlari

  • 1820-yil — Feliks Nadar, fransuz fotografi, fotojurnalizm asoschisi, birinchi aerofotosurat muallifi.
  • 1827-yil — Jozef Lister, ingliz jarrohi, tibbiyot amaliyotiga antiseptikani olib kirgan.
  • 1894-yil — Lourens Bell, amerikalik aviakonstruktor, dunyodagi birinchi tovushdan tez uchuvchi samolyotni yasagan.
  • 1900-yil — Spenser Treysi, amerikalik aktyor, eng yaxshi roli uchun ketma-ket ikkita «Oskar»ni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan.
  • 1962-yil — Kirsan Ilyumjinov, FIDE prezidenti (1995-yildan).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring