47 yoshli deputat koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich 47 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Mehnatkash, fidoyi inson Abdurahim Qurbonovning yorqin xotirasi deputatlik korpusi vakillarining qalbida mangu yashaydi, deb yozilgan parlament matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ta’ziyanomada.
Abdurahim Qurbonov 1974-yili Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida dunyoga kelgan. U 1996-yili Termiz davlat universitetini tamomlagan.
2019-yil dekabrida 80-Qiziriq saylov okrugidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Xabar.uz jamoasi Abdurahim Qurbonovning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter