Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 metrli quduqqa tushib ketgan sigir qutqarildi

4 metrli quduqqa tushib ketgan sigir qutqarildi

Foto: «Nasafnews»

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida quduqqa tushib ketgan sigir qutqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 11-sentyabr kuni soat 01:00 da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 1050 qisqa raqami orqali Shahrisabz tumani «Pillakashlik» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgani hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring