Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4-may. Oydagi chaqmoq, Panama kanali, Margaret Tetcher, mustaqil Latviya uchun va boshqa voqealar

4-may. Oydagi chaqmoq, Panama kanali, Margaret Tetcher, mustaqil Latviya uchun va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Mustaqillik tiklangan kun (Latviya).
  • Xotirlash kuni (Niderlandiya).
  • Yoshlar kuni (Xitoy).
  • Ko‘katlar kuni (Yaponiya).
  • Mehnat kuni (Zambiya).

Voqea-hodisalar

  • 1113-yil — Vladimir Monomax Kiyev knyazligi taxtiga o‘tirdi.
  • 1715-yil — Parijda birinchi yig‘ma soyabon yasaldi.
  • 1783-yil — ingliz astronomi Uilyam Gershel Oydagi qizil chaqmoqni qayd etdi.
  • 1878-yil — Tomas Alva Edison fonografni namoyish qildi.
  • 1896-yil — Londonda «Daily Mail» gazetasining birinchi soni chiqdi.
  • 1904-yil — Panama kanali qurilishi boshlandi.
  • 1904-yil — Angliyada Henri va Charlz Rollslar «Rolls-Roys» avtomobillarini chiqarishni boshladi.
  • 1924-yil — Parijda VIII olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1979-yil — Margaret Tetcher Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘ldi.
  • 1988-yil — «PepsiCo» sovet televideniyesida reklama vaqtini sotib olgan birinchi g‘arb kompaniyasi bo‘ldi.
  • 1990-yil — Latviya SSR Oliy kengashi Latviya Respublikasi mustaqilligi tiklanishini e’lon qildi.
  • 1994-yil — Yevroparlament deputatlari Finlyandiya, Norvegiya, Avstriya va Shvetsiya 1995-yilning 1 yanvaridan boshlab Yevropa ittifoqi to‘laqonli a’zosi bo‘lishini yoqlab ovoz berdi.
  • 1995-yil — Ekvadordagi aviahalokatda Argentinaning eng yirik neft qazib oluvchi kompaniyasi — «YPF» prezidenti Xose Estenssoro halok bo‘ldi.
  • 2002-yil — Kano(Nigeriya)da «BAC 1-11» samolyoti halokatga uchradi; 149 kishi halok bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1006-yil — Ansoriy, fors so‘fiy-shoiri.
  • 1655-yil — Bartolomeo Kristofori, fortepiano ixtirochisi.
  • 1772-yil — Fridrix Arnold Brokhaus, nemis noshiri, mashhur ensiklopediya asoschisi.
  • 1929-yil — Odri Xepbyorn, britaniyalik aktrisa.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring