35 yil umrini qamoqda o‘tkazgan ayolga 3 million dollar beriladi
Amerika fuqarosi Keti Vuds ismli ayol 35 yil umrini qamoqda o‘tkazgan. U 1980-yilda Mishel Mitchell ismli talaba qizni o‘ldirganlikda ayblangandi, deb yozadi «The Daily Mail».
Ayol ayni vaqtda 68 yoshni qarshi olgan.
Biroz o‘tib sud unga nisbatan hukmni bekor qilgan, ammo boshqa yuqori tashkilotlar hukmni kuchda qoldirgan. 2015-yilda o‘tkazilgan DNK-ekspertiza natijasida yosh qizni bir necha jinoyatlarda ayblangan Rodni Xolbauer o‘ldirgani aniqlangan.
Keti Vudsga ruhiy kasallar shifoxonasi xodimining so‘zlariga ko‘ra ayblov qo‘yilgan. Endi 35 yilini qamoqda o‘tkazgan ayolga 3 mln dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter