Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

31 mingdan ortiq «ish o‘rinlari» qo‘shib yozilgan – Bosh prokuratura

31 mingdan ortiq «ish o‘rinlari» qo‘shib yozilgan – Bosh prokuratura

Bosh prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 ming 087 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.

Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Idora rasmiysi aholi bandligi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat ham kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘rganish davrida 274 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 966  mln so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlangan.

Prokurorlar tashabbusi bilan 311 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 4 ming 312 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. so‘mi talon – toroj qilinganligi aniqlanib, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan davrda tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 8 ming 257 nafariga “Tez yordam” tamoyili  asosida  amaliy  yordamlar  ko‘rsatilib, shundan 1 ming 509 nafariga 265 mlrd so‘m kredit, 238 nafariga 168 gektar yer maydoni, 46 nafariga bino ajratilishi, 458 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 3 ming 759 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.

Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 4 ming 432 ta tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 3 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.

Shuningdek, 6 ming 200 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 3 ming 100 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 1 ming 644 ta muammolar ijobiy  hal  etildi.

Kredit mablag‘lari talon – torojini oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari  ustidan  nazorat  yanada kuchaytirildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 1,5 trln so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 540 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring