31-mart. NATO uchun g‘alati taklif, «Qora va oq» Fransiya, Mussolinining 8 soati, «Matritsa» va boshqa muhim voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Genotsid qilingan ozarbayjonlar kuni (Ozarbayjon).
- Ozodlik kuni (Malta).
- Sezar Chaves kuni (AQSh, Kaliforniya). AQShda meksikalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan Sezar Chaves muhojirlarning ijtimoiy va fuqarolik huquqlari uchun kurashgan.
- Xansik bayrami (Koreya Respublikasi). Shu kuni issiq ovqat tayyorlanmaydi, o‘tganlarning qabrlariga noz-ne’matlar olib boriladi.
Voqea-hodisalar
- 1284-yil — yepiskop Eli Piterxausga asos soldi. Bugun u Kembrij universitetining eng ko‘hna va kichik kolleji.
- 1770-yil — Yangi Zelandiyani tadqiq qilib, uning orol ekanini aniqlagan ingliz dengizchisi Jeyms Kuk g‘arbga — Avstraliyaga suzib ketadi.
- 1814-yil — Lavilet qishlog‘ida Parijning taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Shu bilan Napoleon urushlari xotima topdi.
- 1831-yil — Kvebek i Monreal shahar maqomiga ega bo‘ldi.
- 1856-yil — yahudiylarga Rossiya flotida xizmat qilish taqiqlandi.
- 1889-yil — Parijda Eyfel minorasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Konstruktor Gustav Eyfel minoraning tepasiga fransuz bayrog‘ini ilib qo‘ydi.
- 1893-yil — amerikalik Uitkomb Jadson kiyim tugmasiga muqobil ishlanma — «molniya»ni ixtiro qildi.
- 1900-yil — Fransiyada ayollar va bolalarning ish kuni 11 soatdan oshishini taqiqlovchi qonun qabul qilindi.
- 1900-yil — avtomobillarning birinchi reklamasi AQShning «Saturday Evening Post» gazetasida paydo bo‘ldi.
- 1901-yil — birinchi «Mercedes-Benz» avtomobili chiqarildi.
- 1909-yil — «Titanik» kemasini qurish boshlandi.
- 1917-yil — AQSh Daniyadan Virgin orollarini 25 mln. dollarga sotib oldi.
- 1918 yil — AQSh ilk marotaba yozgi vaqtga o‘tdi.
- 1923 — Benito Mussolini Italiyada sakkiz soatlik ish kuni joriy etdi.
- 1949-yil — Nyufaundlend Kanadaning 10-viloyatiga aylandi.
- 1954-yil — sobiq SSSR o‘zini a’zolikka qabul qilishni so‘rab NATOga murojaat qildi. Shimoliy Atlantika alyansi rad javobini berdi.
- 1955-yil — sobiq SSSR GDRga Drezden galereyasi xazinasini qaytardi.
- 1959-yil — Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning uyidan o‘g‘rilar 10 ming funt sterling o‘marishdi.
- 1966-yil — Boyqo‘ng‘irdan Oyning birinchi sun’iy yo‘ldoshi — «Luna-10» stansiyasi ortilgan «Molniya» raketasi uchirildi.
- 1967-yil — Fransiya NATO tarkibidan chiqishga qaror qilganidan so‘ng tashkilotning shtab-kvartirasi Parijdan Bryussel(Belgiya)ga ko‘chirildi.
- 1979-yil — Isroil va Misr yarashuv bitimini imzoladi.
- 1991-yil — Varshava shartnomasi tashkilotining navbatdan tashqari o‘tkazilgan yig‘ilishida tashkilotning harbiy tuzilmalari bekor qilindi.
- 1991-yil — Gruziyada o‘tgan referendumda aholining 90 foizi mustaqillik uchun ovoz berdi.
- 1992-yil — Lokerbida «Pan Ameriken» samolyoti portlatilishida gumonlangan ikki shaxsni berishdan bosh tortgani uchun Liviyaga qarshi BMT sanksiyalar joriy etdi.
- 1994-yil — MDHga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi.
- 1999-yil — «Matritsa» filmi ekranlarga chiqdi.
Tavallud kunlari
- 250-yil — Konstansiy I Xlor, Rim imperatori, Konstantinlar sulolasi asoschisi.
- 1499-yil — Piy IV (Jovanni Anjelo de Medichi), Rim papasi.
- 1519-yil — Genrix II, fransuz qiroli.
- 1596 yil — Rene Dekart, fransuz faylasufi, matematik, fizik.
- 1685-yil — Iogann Sebastyan Bax, buyuk nemis bastakori.
- 1732-yil — Frans Yozef Haydn, avstriyalik mashhur bastakor.
- 1788-yil — Rama III, Siam qiroli.
- 1811-yil — Robert Vilhelm Bunzen, nemis kimyogari, seziy va rubidiyni kashf etgan, gazo‘choqni ixtiro qilgan.
- 1939-yil — Zviad Gamsaxurdiya, Gruziyaning birinchi prezidenti.
- 1948 -yil —Albert Gor, Bill Klinton paytida AQSh vitse-prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter