Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30-aprel. Hitlerning o‘limi, 1-batalon, metrodagi «Tinchlik», «bepul» internet va boshqa voqealar

30-aprel. Hitlerning o‘limi, 1-batalon, metrodagi «Tinchlik», «bepul» internet va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • G‘alaba kuni (Vetnam).
  • Fors ko‘rfazi milliy kuni (Eron).
  • Bolalar kuni (Meksika).
  • Qirol kuni (Shvetsiya).

Voqea-hodisalar

  • 1658-yil — Monreal (Kanada) shahrida birinchi maktab ochildi.
  • 1722-yil — «New England Courant» gazetasida birinchi marta bilyard o‘yini nomi keltirildi.
  • 1789-yil — Jorj Vashington bir ovozdan AQShning birinchi prezidenti etib saylandi.
  • 1803-yil — AQSh Fransiyadan Luizianani sotib oldi.
  • 1838-yil — Nikaragua Markaziy Amerika federatsiyasidan ajralib chiqdi.
  • 1854-yil — Braziliyada birinchi temiryo‘l ochildi.
  • 1871-yil — Kemp-Grant bozorchasidagi qirg‘in (Arizona, AQSh). Arivaypa hindularidan 114 kishi halok bo‘ldi.
  • 1893-yil — Novonikolayevsk (hozirgi Novosibirsk) shahriga asos solindi.
  • 1900-yil — Havayi orollari AQShga qo‘shib olindi.
  • 1902-yil — Norvegiya futbol federatsiyasiga asos solindi.
  • 1918-yil — Qrim respublikasi tashkil etildi.
  • 1934-yil — Avstriyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1939-yil — Nyu-Yorkda jahon sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu tadbirni namoyish etishdan AQShda muntazam teletranslyasiyalar boshlandi.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: sovet qo‘shini Ravensbryuk ayollar konslageri tutqunlarini ozod qildi.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Adolf Hitler o‘z joniga qasd qildi.
  • 1958-yil — Gaitida davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish prezident Fransua Dyuvale tomonidan bostirildi.
  • 1970-yil — Vetnam urushi: AQSh qo‘shini Kambodja hududiga kirdi.
  • 1975-yil — Vetnam urushi: Shimoliy Vetnam armiyasi Saygonni egallashi bilan Vetnam urushi tugadi.
  • 1979-yil — Isroil davlati tuzilganidan beri ilk marta uning kemasi Suvaysh kanalidan o‘tdi.
  • 1984-yil — Afg‘on urushi: 682-motoo‘qchi polkining 1-bataloni halokati. Afg‘on urushidagi eng halokatli bu jangda 57 nafardan 87 nafargacha sovet jangchisi halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.
  • 1991-yil — Toshkent metrosining «Tinchlik» bekati ishga tushdi.
  • 1992-yil — Jenevada Yevropa elementar zarralar laboratoriyasi (CERN) xodimi Tim Berners-Li ishlab chiqan jahon o‘rgimchak to‘ri (World Wide Web) hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi.
  • 2002-yil — Obninsk shahrida dunyodagi birinchi atom elektr stansiyasi reaktori butunlay to‘xtatildi.

Tavallud kunlari

  • 1777-yil — Karl Fridrix Gauss, nemis matematigi, fizik va astronom.
  • 1857-yil — Eygen Bleyler, shveysariyalik psixiatr va psixolog. Shizofreniya atamasini fanga kiritib, uning alohida kasallik ekanini tavsiflab bergan.
  • 1883-yil — Yaroslav Gashek, chex satirik yozuvchisi.
  • 1916-yil — Klod Elvud Shennon, amerikalik matematik va muhandis, axborot nazariyasi asoschilaridan biri.
  • 1946-yil — Karl XVI Gustaf, Shvetsiya qiroli.
  • 1956-yil — Lars fon Triyer, dan kinorejissyori.
  • 1967-yil — Filipp Kirkorov, rossiyalik estrada xonandasi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring