28 mart. Rim imperiyasining bo‘linishi, Tel-Avivdan quvilgan yahudiylar, birinchi «Jiguli» va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Ozarbayjon — milliy xavfsizlik organlari xodimlari kuni.
- Qabarda-Bolqoriya — bolqor xalqining uyg‘onishi va bolqor davlatchiligining tiklanishi kuni.
- Serbiya — konstitutsiya kuni.
- Xitoy, Tibet — tibetliklar krepostnoy qullikdan ozod bo‘lgan kun.
Voqea-hodisalar
- 364-yil — Rim imperiyasi G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyasiga ajratildi. Imperator Valentinian imperiyaning sharqiy qismini boshqarishni ukasi Valentga topshirdi.
- 1461-yil — Angliyadagi Qizil va Oq atirgullar urushi: Ferribrij jangi.
- 1462-yil — Ivan III Buyuk Moskva knyazi tojini kiydi.
- 1521-yil — Fernan Magellan yevropaliklardan birinchi bo‘lib hozirgi Filippin mahalliy aholisi bilan muloqot qildi.
- 1626-yil — italiyalik sayyoh Petro della Vallening Hindistonga safari tugadi.
- 1797-yil — AQShda kir yuvish mashinasi uchun patent berildi.
- 1801-yil — Neapol qirolligi Elba orolini Fransiyaga topshirdi.
- 1837-yil — Chikago rasman shahar sifatida ro‘yxatga olindi.
- 1842-yil — Vena filarmoniya orkestrining birinchi konserti.
- 1845-yil — AQSh Texasga bostirib kirgani uchun Meksika Vashington bilan diplomatik aloqalarni uzdi.
- 1854-yil — Qirim urushi: Fransiya Rossiya imperiyasiga urush e’lon qildi.
- 1891-yil — Londonda og‘ir atletika bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.
- 1910-yil — Marselda dunyodagi birinchi gidroplan havoga ko‘tarildi.
- 1917-yil — yahudiylar Tel-Avivdan quvib chiqarildi.
- 1930-yil — Konstantinopol va Angora yangicha nom oldi — Istanbul va Anqara.
- 1935-yil — Kanadada yakshanba kunlari radioreklama taqiqlandi.
- 1939-yil — general Franko qo‘shini Madridni egalladi.
- 1942-yil — Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari Lyubek shahrini bombardimon qilishni boshladi.
- 1971-yil — «Jiguli» avtomobili chiqarila boshlandi.
- 1979-yil — Yadro energetikasi tarixidagi eng mudhish halokatlardan biri sodir bo‘ldi — Tri-Mayl-Aylend AESi, AQSh.
Tavallud kunlari
- 1483-yil — Rafael Santi, italyan rassomi va me’mori (1520-yili v.e.).
- 1750-yil — Fransisko Miranda, Janubiy Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi yetakchisi (1816-yili ispan qamog‘ida v.e.).
- 1892-yil — Korney Xeymans, belgiyalik fiziolog, Nobel mukofoti laureati (1968-yili v.e.).
- 1925-yil — Innokentiy Smoktunovskiy, kino va teatr aktyori (1994 yili-v.e.).
- 1930-yil — Jerom Fridman, amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi.
- 1936-yil — Mario Vargas Losa, Peru-Ispaniya prozaigi va dramaturgi, publitsist, siyosiy arbob. 2010 yili adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
- 1948-yil — Dayan Uist, amerikalik aktrisa, ikki marta «Oskar» mukofoti bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter