«270 ming dollarlik» firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahrining Chilonzor tumani IIO FMB xabar berishicha, tanishining katta miqdordagi pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aytilishicha, 2022-yilning may oyidan oktyabr oyiga qadar 22 yoshli Anvar tanishi 23 yoshli Bositxonga qandolat mahsulotlarini sotish orqali tadbirkorlik qilishlarini va’da qilgan hamda bo‘lib-bo‘lib jami 270 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter