27-mart. Gagarinning halokati, «Oskar»dan voz kechgan aktyor, «Nobel»ni pochtadan olgan olim, bir muchal va burj ostida tug‘ilgan ikki futbol yulduzi va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro teatr kuni.
- G‘alaba kuni (Angola).
- Sakura gullari bayrami (Yaponiya).
Voqea-hodisalar
- 1513-yil — ispan tadqiqotchisi Xuan Ponse de Leon Floridani kashf qildi.
- 1793-yil — Yekaterina II O‘ngqirg‘oq Ukrainasini Rossiya imperiyasiga qo‘shib olish haqida manifest chiqardi.
- 1794-yil — AQSh harbiy-dengiz flotiga asos solindi.
- 1854-yil — Qirim urushining boshlanishi, Angliya va Fransiya Rossiyaga urush e’lon qildi.
- 1854-yil — AQShda Abraham Gessner kerosinga patent oldi.
- 1878-yil — rus dehqoni Fyodor Blinov o‘zi ixtiro qilgan «tuganmas relsli vagon»(dunyodagi birinchi zanjirli traktor)ga patent olish uchun ariza berdi.
- 1893-yil — dunyodagi birinchi telefon kompaniyasi — «Aleksandr Bell» ish boshladi.
- 1914-yil — Bryusseldagi gospitalda ilk qon quyish amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
- 1918-yil — Moldova demokratik respublikasi Ruminiya qirolligi tarkibiga kirdi.
- 1928-yil — Niderlandiyada futbol mavzusida dunyodagi ilk pochta markasi chiqdi.
- 1933-yil — Yaponiya Millatlar ligasidan chiqdi.
- 1944-yil — gestapochilar Rigada 40 nafar, Kaunasda qariyb 2000 nafar yahudiyni otib tashladi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Buyuk Britaniya(Kent grafligi)ga oxirgi marta «Fau-2» nemis ballistik raketasi kelib tushdi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Argentina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. Biroq harbiy harakatlarda qatnashmadi.
- 1953-yil — sobiq Sovet ittifoqida siyosiy mahbuslar uchun amnistiya e’lon qilindi. Besh yildan kam muddatga qamalganlar ozodlikka chiqarildi.
- 1961-yil — xuddi shu yildan Xalqaro teatr kuni nishonlab kelinayapti.
- 1964-yil — Alyaskada zilzila sodir bo‘ldi, 118 kishi nobud bo‘ldi.
- 1964-yil — greklar va turklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun Kiprga BMT tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.
- 1968-yil — Rossiyaning Vladimir viloyati Novosyolovo qishlog‘i yaqinida «MiG-15UTI» o‘quv-mashq samolyoti halokatga uchradi. Dunyoning birinchi fazogiri Yuriy Gagarin (34 yosh) va instruktor Vladimir Seryogin (45 yosh) halok bo‘ldi.
- 1973-yil — aktyor Marlon Brando «Cho‘qintirgan ota» filmidagi roli uchun berilgan «Oskar» mukofotidan voz kechdi. U shu tariqa Amerika jamiyatida hindularning huquqlari toptalishi siyosati ildiz otib borayotganiga noroziligini bildirgandi.
- 1977-yil — Kanar orollarida qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik aviahalokat yuz berdi. Halok bo‘lganlar soni — 583 kishi.
- 1990-yil — London, Beyker-strit, 221. Sherlok Xolms muzeyi ochildi.
- 1999-yil — NATO Yugoslaviyaga qarshi urush boshladi. Yugoslaviyaning havo hujumiga qarshi kuchlari tomonidan AQShning «F-117» shturmchi samolyoti urib tushirildi. Bu «stels» texnologiyasi bo‘yicha qurilgan samolyotning ilk halokati edi.
Tavallud kunlari
- 1824-yil — Iogann Gittorf, nemis fizigi, ionlarni kashf qilgan.
- 1845-yil — Vilhelm Konrad Ryontgen, nemis fizigi, iks-nurlanish(rentgen nurlari)ni kashf etgan. Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi fizik (1901 yil). Ryontgen halol va mehnatkash inson edi. Hatto Nobel mukofotini topshirish marosimiga ham vaqti yo‘qligini vaj qilib bormaydi. Mukofotni pochtadan jo‘natib yuborishadi.
- 1847-yil — Otto Vallax, nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi.
- 1863-yil — Henri Roys, ingliz sanoatchisi, «Rolls Roys» kompaniyasi asoschisi.
- 1868-yil — Patti Smit Hill, amerikalik pedagog, dunyoga mashhur «Happy Birthday to You» qo‘shig‘i muallifi.
- 1871-yil — Haynrix Mann, nemis yozuvchisi.
- 1879-yil — Edvard Stayxen, fotografiya tarixida yorqin iz qoldirgan suratkash.
- 1927-yil — Mstislav Rostropovich, violonchelchi, dirijyor, jamoat arbobi, «Gremmi» mukofoti sohibi.
- 1963-yil — Kventin Tarantino, amerikalik kinorejissyor, «Oskar» sohibi.
- 1974 yil — Gaiska Mendeta, bask futbolchisi, «Valensiya» yulduzi.
- 1986-yil — Manuel Noyer, nemis futbolchisi, darvozabon («Bavariya», Germaniya terma jamoasi), 2014-yilgi jahon chempioni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter