Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

260 ta «Yutong» avtobuslari mart oxiriga qadar keltiriladi – «Toshshahartransxizmat»

260 ta «Yutong» avtobuslari mart oxiriga qadar keltiriladi – «Toshshahartransxizmat»

3-mart, juma kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xitoyning Yutong Bus kompaniyasining 800 ta, shundan 500 ta tabiiy gazda, 300 ta elektrda harakatlanadigan avtobusni O‘zbekistonga yetkazib berganligi haqidagi xabarlardan so‘ng «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy munosabat bildirib chiqdi.

«Toshshahartransxizmat» o‘z munosabatida haqiqatda Yutong Bus kompaniyasi bilan shartnomalar mavjudligini, biroq avtobuslar yetkazib xali berish boshlanmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi  va «Toshshahartransxizmat» AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Xitoy kompaniyasi tomonidan,  2023 yilning mart-may oylarida 12 metrli 500 dona «Yutong» rusumli avtobuslarni va 12 metrli 300 dona «Yutong» rusumli elektrobuslar ishlab chiqarish ishlari boshlangan bo‘lib, joriy yilning mart oyi yakuniga qadar ushbu avtobuslarning 1-partiyasi, ya’ni, 110 dona avtobus va 150 dona elektrobuslar O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 16-fevraldagi «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring