Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi

25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi

Prezident farmon bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Dasturga muvofiq, iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash doirasida:

2022 yilda inflyasiyani 9 foizgacha va 2023 yilda 5 foiz va fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi.

2026 yil yakunigacha bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqariladi.

2023 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizgacha va bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik uchun foyda solig‘i 15 foizgacha tushiriladi.

2026 yilgacha energiya samaradorligi 20 foizga oshiriladi va havoga chiqariladigan zararli gazlar 10 foizga qisqartiriladi.

Sharoiti «og‘ir» bo‘lgan hududlarda 2025 yil 1 yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimi joriy etiladi.

2025 yil 1 iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestri ishga tushiriladi.

2022 yil 1 aprelgacha litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi.

Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, avtotransport orqali shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.

25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazish, neft mahsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring