Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25-aprel. Nepalni yig‘latgan kun, «Chinnigullar inqilobi», saksonga yaqinlashgan Al Pachino va boshqa voqealar

25-aprel. Nepalni yig‘latgan kun, «Chinnigullar inqilobi», saksonga yaqinlashgan Al Pachino va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon bezgak kasalligiga qarshi kurashish kuni.
  • Daraxt ekish kuni (Germaniya).
  • Sinay yarimoroli ozod qilingan kun (Misr).
  • Fashizmdan ozod bo‘lgan kun (Italiya).
  • Qozoq futboli kuni (Qozog‘iston).
  • Koreya xalq armiyasi kuni (KXDR).
  • Inqilob kuni (Portugaliya).
  • Milliy bayroq kuni (Esvatini qirolligi).

Voqea-hodisalar

  • 1333-yil — Polshaning feodal tarqoqligiga chek qo‘ygan Kazimir III ga Krakovda qirollik toji kiydirildi.
  • 1607-yil — Gibraltardagi jangda niderland floti ispan floti ustidan g‘alaba qozondi.
  • 1719-yil — Londonda Daniel Defoning «Robinzon Kruzo» romani birinchi marta nashr etildi.
  • 1792-yil — Ruje de Lil Reyn armiyasi uchun jangovar qo‘shiq yozdi. Hozir u «Marseleza» sifatida mashhur.
  • 1792-yil — Fransiyada gilotina qatl quroli sifatida birinchi marta qo‘llandi.
  • 1808-yil — Sharqiy Yevropadagi birinchi — Praga konservatoriyasi ochildi.
  • 1816-yil — o‘zi haqidagi mish-mishlardan to‘yib ketgan Jorj Bayron Angliyani butunlay tark etdi.
  • 1826-yil — Angliyada ichki yonuv dvigatelli ilk avtomobilga patent olindi.
  • 1839-yil — ingliz armiyasi Qandahor(Afg‘oniston)ga bostirib kirdi.
  • 1859-yil — Port-Saidda fransuz muhandisi va diplomati Ferdinand Lesseps boshchiligida Suvaysh kanalini qazish boshlandi.
  • 1867-yil — Yaponiyaning Tokio porti birinchi marta xorijiy savdolar uchun ochildi.
  • 1901-yil — Nyu-York shtatida dunyoda birinchi bo‘lib avtomobillarga raqam berish boshlandi.
  • 1931-yil — Ferdinand Porshe «Porsche» avtomobilsozlik kompaniyasiga asos soldi.
  • 1944-yil — AQSh generali Jorj Patton Angliya va AQShning taqdiri — «dunyoni boshqarish» deya ta’kidladi.
  • 1945-yil — San-Fransisko xalqaro konferensiyasida 50 mamlakat vakillari BMT nizomi ustida ish boshladi.
  • 1945-yil — Elbada sovet-amerika qo‘shinlari uchrashdi.
  • 1953-yil — «Nature» jurnalida ingliz olimlari Frensis Krik va Jeyms Uotsonning DNK tuzilishi modelini yaratgani haqidagi maqola chiqdi. 1954-yil — «Bell telefon» (AQSh) kompaniyasining laboratoriyasida ilk quyosh batareyasi yaratildi.

  • 1974-yil — «Chinnigullar inqilobi» g‘alaba qozondi. Portugaliyada fashistlar tuzumi ag‘darildi.

  • 1997-yil — dasturchilarning xatosi tufayli Floridada internet tarixidagi eng katta uzilish yuz berdi.

  • 2005-yil — Bolgariya va Ruminiya Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish haqidagi shartnomani imzoladi.
  • 2005-yil — Amagasaki halokati (Yaponiya): tezlikni oshirib yuborish oqibatida izdan chiqib ketgan yo‘lovchi poyezdi ko‘p qavatli avtomobillarni qo‘yish binosiga borib urildi; qurbonlar soni — 107 kishi.
  • 2015-yil — Nepalda 7,8 balli zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari 28-aprelgacha davom etib turdi. Nepalda 8151 kishi nobud bo‘ldi, jarohatlanganlar — 17 868 kishi, jami talafot ko‘rganlar soni 8 million kishidan oshgan. Shuningdek, Hindistonda 69, Xitoyda 25 kishi halok bo‘lgan.

Tavallud kunlari

  • 1214-yil — Lyudovik IX, Fransiya qiroli.
  • 1284-yil — Eduard II, Angliya qiroli.
  • 1599-yil — Oliver Kromvel, Angliya, Irlandiya va Shotlandiya lord-protektori.
  • 1874-yil — Gulelmo Markoni, italyan radiotexniki va tadbirkori.
  • 1907-yil — Herbert Mater, amerikalik dizayner, reklamaga fotomontajni olib kirgan.
  • 1928-yil — Yuriy Yakovlev, aktyor.
  • 1940-yil — Al Pachino, Hollivud yulduzi.
  • 1947-yil — Yohan Kroyf, taniqli futbolchi va murabbiy («Ayaks», «Barselona»).
  • 1952-yil — Vladislav Tretyak, xokkey darvozaboni, uch karra olimpiada g‘olibi.
  • 1954-yil — Muhammad Yusuf, O‘zbekiston xalq shoiri (2001-yilda vafot etgan)
  • 1963-yil — Devid Moyes, shotland futbolchisi va murabbiyi.
  • 1969-yil — Rene Zellveger, amerikalik aktrisa.
  • 1981-yil — Felipe Massa, braziliyalik «Formula-1» poygachisi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring