248-soatdagi mo‘jiza: 17 yoshli qiz vayronalar ostidan tirik chiqdi
Turkiyadagi zilziladan keyin 10 kun davomida Aleyna Olmez vayronalar ostida mo‘jizaviy tarzda omon qoldi.
U bugun ertalab zilzila epitsentriga yaqin joylashgan Qahramanmarashda qutqarib olindi.
Turkiya va Suriyada 42 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan kuchli zilziladan 248 soat o‘tib, Turkiya janubida qulagan bino vayronalari ostidan 17 yoshli qiz tirik holda olib chiqildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, omon qolganlarning aksariyati falokatdan keyin 72 soat ichida qutqariladi. Uch kundan so‘ng, omon qolish darajasi keskin pasayadi, chunki vayronalar ostida qolganlar suvsizlanish, havo yetishmasligi yoki titroqqa duchor bo‘lib, nobud bo‘lishadi.
Ammo bu qiz o‘n kun davomida tonnalab beton va metall bo‘laklari ostida qolib ketsa-da, mo‘’jizaviy tarzda omon qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter