Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24 soat ichida Hindistonda chaqmoq urishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

24 soat ichida Hindistonda chaqmoq urishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida so‘nggi 24 soat ichida kuchli yomg‘ir paytida chaqmoq urishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jiddiy jarohat oldi.

Qayd etilishicha, Xurda shahrida to‘rt kishi, Bolangirda ikki kishi, Angul, Budha, Jagatsingxpur va Dxankanalda bir kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Xurda shahrida yashin urishi oqibatida uch kishi jarohatlangan.

Hindiston meteorologiya departamenti shtatning ayrim hududlarida yomon ob-havo yana to‘rt kun davom etishini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyidan beri Hindistonning Himachal-Pradesh shtatida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki va toshqinlar natijasida 350 ga yaqin odam halok bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring