Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

23 yoshli yapon bir o‘zi yaxtada dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi

23 yoshli yapon bir o‘zi yaxtada dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi

Xirotsugu Kimura.

Foto: The Japan News

Yaponiyalik 23 yoshli Xirotsugu Kimura 12-noyabr kuni yaxtada dunyo bo‘ylab tanaffussiz (hech qayerda to‘xtamaydi) sayohatga yo‘l oldi. Bu haqda The Japan News xabar berdi.

U Nisinomiya (Xego prefekturasi) portidan yo‘lga otlandi. Maqsadi — yaxtada bir o‘zi dunyo bo‘ylab to‘xtovsiz sayohat qilgan eng yosh yapon maqomini olish. Kimura yaxtasida janubga yo‘l oldi, keyin yo‘nalishni sharqqa buradi, olti oyda 45 ming kilometrni suzib o‘tmoqchi.


Mavzuga doir: Yaqinda amerikalik 17 yoshli maktab o‘quvchisi Mak Rezerford Yer sharini yolg‘iz o‘zi 5 oy davomida samolyotida aylanib, Ginnessning ikkita rekordini o‘rnatgandi.


Sayohat arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida u «o‘z imkoniyatlarimni bilish uchun bunga qo‘l urganini» aytdi.

«Okean, moviy osmon, tabiat manzaralaridan bahra olmoqchiman», — qo‘shimcha qildi yosh sayyoh. Uni portda yaqinlari, do‘stlari, hamkasblari — 80 ga yaqin kishi olis yo‘lga kuzatib qo‘yishdi.

Shu paytgacha yaxtada yolg‘iz va tanaffussiz dunyo bo‘ylab sayohat qilgan eng yosh yapon — Kodziro Siraisi (55 yoshida bu ishni uddalagan).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring