Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2050 yilga borib O‘zbekiston aholisi bo‘yicha Yevrosiyodagi 50 mamlakat ichida oltinchi o‘ringa chiqadi

2050 yilga borib O‘zbekiston aholisi bo‘yicha Yevrosiyodagi 50 mamlakat ichida oltinchi o‘ringa chiqadi

2050 yilga borib O‘zbekiston o‘zining 60 millionga yaqinlashgan aholisi bilan Polsha, Ukraina, Ispaniya va Italiyani ortda qoldiradi. Bu haqda Bostondagi ESG Wealth kompaniyasi rahbari Alisher Jumanov ma’lum qildi.

Kolumbiya va Oksford universitetlarida o‘qigan, 25 yildan uzoqroq vaqtdan beri dunyo bo‘ylab investitsion banking sohasida faoliyat yuritayotgan Alisher Jumanov 23 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS» xalqaro forumida ham nutqqa chiqqan.

«Inson kapitali bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadigan aql markazimiz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda Yevropa va MDH mamlakatlari ichida O‘zbekiston bir yilda tug‘iladigan chaqaloqlar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egallamoqda. 1950 yilda O‘zbekiston aholisi 6 milliondan oshiqroqni tashkil etib, Yevrosiyodagi 50 mamlakat ichida 20-o‘rinda bo‘lgan. 2050 yilga borib nufuzimiz 60 millionga yetsa, bu nafaqat ro‘yxatda top o‘ntalikka kirishimiz, balki yurtimiz aholisi 100 yillik davr ichida 10 barobar o‘sishini bildiradi», – deydi Jumanov.

Ushbu fikrlar «O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS» forumi doirasida bo‘lib o‘tgan «Tuz ichidagi ayol» art ko‘rgazmasi hamda Pepsi Food Show kabi ma’lumotlar almashish uchun qulay maydonlarda bo‘lgani e’tiborga molikdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring