Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yilda ta’lim uchun budjetdan 84,4 trln so‘m ajratiladi – loyiha

2025-yilda ta’lim uchun budjetdan 84,4 trln so‘m ajratiladi – loyiha

Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2025-yil uchun mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi «Fuqarolar uchun budjet» axborot nashrida kelgusi yilda ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta’limga xarajatlar (47,3 foiz) tashkil etishi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda ta’limga 84 trln 332 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024 yilda kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 13 trln 221 mlrd so‘mga ko‘proqni tashkil etadi.

Shundan:

  • Maktabgacha ta’limga – 15 trln 765 mlrd so‘m;
  • Umumiy o‘rta ta’limga – 54 trln 23 mlrd so‘m;
  • Professional ta’lim hamda oliy ta’limga – 14 trln 545 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.  

Shu jumladan, 2025-yil uchun maktabgacha ta’lim sohasi xarajatlari 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga kamrov darajasini 80 foizga yetkazishni hisobga olgan holda rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring