2025-yilda ta’lim uchun budjetdan 84,4 trln so‘m ajratiladi – loyiha
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2025-yil uchun mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi «Fuqarolar uchun budjet» axborot nashrida kelgusi yilda ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta’limga xarajatlar (47,3 foiz) tashkil etishi ma’lum qilindi.