2023-yil yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya 8,77 foizni tashkil qildi
2023-yil yakunlari bo‘yicha 8,77 foizlik inflyatsiya qayd etildi.
Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, bu «yangi davrda qayd etilgan eng past inflyatsiya» hisoblanadi.
Statagentlikning ma’lum qilishicha, dekabrda oylik inflyasiya 1,24 foizni tashkil etgan, bunda oziq-ovqatlar 1,3 foizga, nooziq-ovqatlar 1,0 foizga, xizmatlar 1,5 foizga qimmatlagan.
Qayd etilishicha, dekabr oyi davomida asosiy oziqlardan shakar 0,8 foizga, guruch 0,4 foizga, tuxum 0,3 foizga, qo‘y go‘shti 0,3 foizga, mol go‘shti 0,2 foizga, yog‘ 0,2 foizga, un 0,1 foizga arzonlagan.
Shuningdek, benzin oy davomida 3,3 foizga, propan 5,1 foizga oshgan bo‘lsa, «metan» narxlarida o‘zgarish bo‘lmagan.
Yillik hisobotda esa bug‘doy uni va kungaboqar yog‘i narxlarida pasayish kuzatilgan bo‘lsa, guruch (38,7 foiz), mol va qo‘y go‘shti (9,3 foiz), tuxum (11,7 foiz) va shakar (11 foiz) qimmatlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter