2019-yilda soliq qonunchiligida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. DSQ bepul o‘quv tashkil etdi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning hududiy filiallari 2019-yilda soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha soliq to‘lovchilar uchun joriy yilning 30-dekabr kuniga qadar bepul o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
O‘quv quyidagi mavzularda olib boriladi:
- Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va hisob kitoblarni taqdim etish hamda budjet bilan o‘zaro munosabatlar.
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha 2019-yil 1-yanvardan kiritilayotgan o‘zgarishlar.
- Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi.
- Yuridik shaxslar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi.
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
- Yakka tartibdagi tadbirkorlik, yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorik va hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarni soliqqa tortish tartibi.
- Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ini hisoblash tartibi.
O‘quv mashg‘ulotlari Malaka oshirish markazining professor-o‘qituvchilari va malakali amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
O‘quv mashg‘ulotlari yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 09:00 dan 18:00ga qadar o‘tkaziladi.
O‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan manzil:
Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchunMalaka oshirish markazida– Toshkentshahri, Kichik xalqa yo‘li, 3-uy.
Telefon: 71-230-90-07,71-230-16-50, (90) 739-97-66, (90) 989-55-02.
Malaka oshirish markazining hududiy filiallari:
Andijon viloyati – Andijon shahri, Oltinko‘l ko‘chasi, 1–uy; tel: 97-782-41-21, 74-223-88-76
Buxoro viloyati – Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 20-uy; tel: 91-922-64-61, 91-423-45-00
Jizzax viloyati – Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 116-uy; tel: 97-327-16-56, 97- 327-09-68.
Navoiy viloyati – Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 27-B uy; tel: 90-730-77-41, 98-278-99-55
Namangan viloyati– Namangan shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 14-uy; tel: 97-2577012, 97-2577802;
Qashqadaryo viloyati – Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 805-uy; tel: 91-4569900, 93-4224588;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Nukus shahri, T.Kayipbergenov ko‘chasi, 23-uy; tel:91-305-47-77, 99-357-77-67
Samarqand viloyati – Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 85-A uy; tel: 91-524-09-13, 93-723-57-88, 66-234-34-26
Sirdaryo viloyati – Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi 2-uy; tel: 97-275-35-25,
Surxondaryo viloyati –Termiz shahri, Malik Qahhor ko‘chasi, 23-uy; tel: 91-576-72-54, 90-521-53-15, 76-221-71-57
Farg‘ona viloyat – Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 122-uy; tel: 97-417-50-55, 91-662-15-40, 73-241-11-49
Xorazm viloyati – Urganch shahri, I.Karimov shoh ko‘chasi, 124-uy; tel: 90-557-41-05, 93-922-64-61
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter