2018-yil bo‘sag‘asida: Nima? Qayerda? Qachon?
2018-yilda bizni nimalar kutmoqda? Jahonda ro‘y beradigan muhim voqea va hodisalar anonsi.
1-yanvar
- Alen Berse Shveysariya prezidenti lavozimida ish boshladi.
- Rossiya YeAES (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi)da raislikka kirishdi.
- Bolgariya – shu sanadan Yevropa Ittifoqi raisi.
2-yanvar
- Moldova Konstitutsion sudi prezident Igor Dodonning vakolatlarini to‘xtatdi.
5-yanvar
- Marsga uchuvchi boshqaruvidagi kosmik kemani jo‘natish rejalashtirilgan.
8-yanvar
- Sandra Meyson Barbados general-gubernatori davozimida ishga kirishadi.
16-yanvar
- Sobiq futbolchi Jorj Vea Liberiyaning yangi prezidenti sifatida ish boshlaydi.
28-yanvar
- Finlyandiyada prezidentilik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Bu oyda, shuningdek, AQShning «Falcon Heavy» raketa-tashuvchisi birinchi sinov-parvozi amalga oshirilishi ham kutilyapti.
1-fevral
- «Vostochniy» kosmodromidan ikkita «Kanopus-V» kosmik apparati ortilgan «Soyuz-2.1a» raketa-tashuvchisining uchirilishi rejalashtirilgan.
9–25-fevral
- XXIII Qishki Olimpiya o‘yinlari (Pxyonchxan, Koreya Respublikasi).
- «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan «Progress MS-08» transport-yuk kemasi uchiriladi.
15-fevral
- Quyoshning qisman tutilishi – Antarktida va Janubiy Amerikada kuzatiladi.
1-mart
- Gvianadagi kosmik markazdan O3b F4 kosmik qurilmasi ortilgan «Soyuz ST-B» rusumli raketa-tashuvchi parvoz qiladi.
4-mart
- Italiyada parlament saylovlari.
9–18-mart
- XII Qishki Paraolimpiya o‘yinlari (Pxyonchxan, Koreya Respublikasi).
11-mart
- Sebastyan Pinera Chili prezidenti sifatida ishga kirishadi.
15-mart
- «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan boshqariladigan transport kemasi «Soyuz MS-08» fazoga yo‘l oladi.
18-mart
- Rossiyada prezidentlik saylovlari.
4–15-aprel
- Hamdo‘stlik o‘yinlari (Gold-Kost, Avstraliya).
19-aprel
- Kuba Davlat kengashi raisi Raul Kastro iste’fo berishi kutilyapti.
Aprel oyida, shuningdek, Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi, Yevropa kosmik agentligi (ESA) va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) hamkorlikda Merkuriy sayyorasini o‘rganish bo‘yicha «BepiColombo» avtomatik missiyasini boshlashi kutilmoqda.
4–20-may
- Daniyaning Kopengagen va Xerning shaharlarida shaybali xokkey bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.
8–12-may
- Yevrovideniye qo‘shiqlar tanlovi (Lissabon, Portugaliya) bo‘lib o‘tadi.
AQSh Milliy aerokosmik agentligi sayyoraning yadrosini tadqiq qilish maqsadida Marsga InSight missiyasini uyushtirishi, Livanda parlament saylovlari o‘tkazilishi ham may oyiga mo‘ljallangan
14-iyun–15-iyul
- Rossiyada futbol bo‘yicha 21-Jahon chempionati o‘tkaziladi.
24-iyun
- Saudiya Arabistoni ayollariga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi qaror kuchga kiradi.
1-iyul
- Rossiya hududida analog televideniyeni uzatish to‘xtatiladi.
13-iyul
- Avstraliya va Antarktidada qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi.
30-iyul
- Quyoshni o‘rganish uchun «Solar Probe Plus» kosmik apparati uchiriladi.
11-avgust
- Yevropa va Osiyoda qisman Quyosh tutilishi ro‘y beradi.
18-avgust–2-sentyabr
- Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlari Yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
6–18-oktyabr
- Argentina poytaxti Buenos-Ayresda III Yozgi yoshlar olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.
Shu oyda, shuningdek, Quyoshni o‘rganish uchun yevropaliklar ham o‘z kemalari (Solar Orbiter (SOLO)ni uchirishadi, juda kuchli «Jeyms Uebb» kosmik teleskopi ishga tushadi.
6-noyabr
AQShda senatorlar saylanadi.
Dunyo sahnida, bulardan tashqari, 2018-yili yana juda ko‘plab muhim voqealar yuz berishi kutilyapti. Chunonchi:
- Qozog‘istonda ayollar uchun pensiya yoshi oshirilishi mumkin.
- Gruziyada prezidentlik saylovlari, Moldovada esa parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
- Batumida Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkaziladi.
- Turkmanistondan boshlanib Afg‘oniston va Pokiston orqali o‘tuvchi gaz quvuri Hindistongacha yetib boradi.
- Germaniyadan Norvegiya tomon tortilgan uzunligi 600 kilometrli, quvvati 1,4 ming megavattga teng «NordLink» suv osti kabeli ishga tushiriladi.
- Rossiya va Yevropadagi eng baland bino, «Gazprom neft»ning Sankt-Peterburgdagi rasmiy shtab-kvartirasi – «Laxta-sentr» (balandligi – 486 metr) qurilishi yakunlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter