Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2017-yilning eng bema’ni ixtirolari

2017-yilning eng bema’ni ixtirolari

Velosipedni qayta kashf qilish shartmi?

Foto: «YouTube»

Nufuzli «Gizmondo» nashrining yozishicha texnika sohasi g‘oyalar taqchilligiga duch kelmoqda.

Kremniy vodiysining ko‘plab kompaniyalari yangilik yaratish o‘rniga mavjud buyumlarni «o‘zgartirish» bilan band. «TechCrunch» 2017-yilning oktyabrida «startaplar erasi yakunlangani»ni ma’lum qildi. «Hi-tech.mail.ru» ekspertlar fikri bo‘yicha 2017-yilda yaratilgan «eng noorginal va be’mani» ixtirolar to‘plamini taqdim etdi.

«Uber» vertolyoti

«Uber» 2020-yilga borib Los-Anjelesda uchar taksilar xizmati ishga tushishini ma’lum qildi. Ekspertlar fikricha, chiroyli va’dalar va taыdimot videosiga qaramay, ushbu xizmatdan faqatgina boy odamlar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Pochta qutisi

«Amazon» kompaniyasi har bir ko‘p qavatli uyda o‘zining paketlariga mo‘ljallangan pochta qutilari bo‘lishini istamoqda. Bu ancha qulaylik va tovarlarning o‘g‘irlanishini oldini olgan bo‘lar edi. Biroq bundan monopoliyaning hidi kelmoqda.

«Osmono‘par bino»

«Google» «yotgan o‘smono‘par bino»ni o‘ylab topdi. Kompaniya o‘zining Londonda qurilayotgan 330 metr keladigan shtab-kvartirasini shunday nomladi. Biroq shaharga hozirda boshqa narsa kerak. Bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish, ijara haqini kamaytirish, jamoat transporti samaradorligini oshirish… Shuningdek, binoda gorizontal lift ham bo‘ladi. Ikkita foydasiz ixtiro bittasida mujassam!

Avtobus

Tasavvur qiling: mashina belgilangan yo‘nalish bo‘ylab jadval asosida harakatlanadi, bekatlarda to‘xtaydi va siz o‘zingizga kerakli bekatga qadar unda harakatlanishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanish haqi arzonroq bo‘lishi uchun siz bilan boshqa odamlar ham harakatlanadi. Bu — avtobus emas. Bu — «Lyft Shuttle». Bor narsani yana bir marta «ixtiro» qilishning nima keragi bor edi?

Kommunalka

«WyeWork» startapi 18 milliard dollarga baholangan bo‘lib, bu «SpaceX»dan ham qimmatroq demakdir. Biroq Elon Maskning kosmik kompaniyasidan farqli o‘laroq bunda hech qanday yangi g‘oyalar mavjud emas. Kompaniya shunchaki ijara haqi kam bo‘lgan uyda «birgalikda yashash»ni tavsiya qilmoqda. Real hayotda bu kabi «birgalikda yashash»ni talabalar juda yaxshi biladi. Bir so‘z bilan aytganda — kommunizm g‘oyasi.

Choynak

Internetga ulana oladigan «Teforia» choynaklari yopiq ekotizimdan foydalanib kompaniyadan eksklyuziv choylarni xarid qila oladi (u odatdagi choylardan deyarli farq qilmaydi). 17 million dollar mablag‘ bilan moliyalashtirilgan startap yopilib ketdi. 400 dollarlik choynaklar esa foydalanuvchilarning yonida qoldi.

Ombor

«MakeSpace» «jismoniy buyumlarni bulutli saqlash» g‘oyasi uchun 57 million dollar yig‘di. Umuman olganda, buning oddiy ombordan farqi yo‘q.

Palatka

«Odd Company» kompaniyasining «Pause Pod» ofis palatkasi yaratuvchilarning fikricha hamkasblardan va shovqindan holi holatda dam olishga yordam beradi. Uning oddiy palatkadan farqi yo‘q.

Savdo avtomati

«Bodega» — smartfon dasturini qo‘llab-quvvatlovchi savdo avtomati. G‘oyaga ko‘ra, u birlamchi ehtiyoj do‘konchalarining o‘rnini egallashi kerak edi. Biroq tarmoq foydalanuvchilari «ixtiro»ni tanqidlar ostida qoldirdi va g‘oya mualliflari jamoatchilikdan uzr so‘radi.

Qo‘llar

Narxi 700 dollar turadigan «Juisero» sharbatsiqqichi «Wi-Fi»ni qo‘llab-quvvatlaydi va smartfon yordamida boshqariladi. Qurilmani sinab ko‘rgan jurnalistlarning aytishicha, bu «ixtiro»ning oddiy sharbatsiqqichlardan deyarli farqi yo‘q, vaqtni ham tejamaydi. Shunga qaramay startap 118,5 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan va yopilib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring