2008-yilgi moliyaviy inqirozdan buyon eng yomon ko‘rsatkich qayd etildi
2022-yilda jahon aksiyalar va obligatsiyalar bozorlari $30 trilliondan ziyod yo‘qotishga uchradi. Bu 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan buyon eng katta ko‘rsatkich, dez yozdi Financial Times.
Financial Times keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, MSCI All-World rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlarida aksiyalar indeksi qiymatining beshdan bir qismini yo‘qotgan. S&P 500 (qimmatbaho qog‘ozlari Amerika birjalarida sotiluvchi 500 ta eng yirik kompaniyani o‘z ichiga olgan) indeksi esa deyarli 20 foizga, AQShning NASDAQ birjasi indeksi esa 33 foizga quladi.
Xitoy birjalarida qulash dollarli ekvivalentda 28 foiz (yuanda — 22 foiz)ni tashkil etdi.
MSCI Europe indeksi dollarda — 16 foiz, yevroda — 11 foiz pastladi.
RBK yozishicha, 2022-yilda Moskva birjasi indeksi 43,12 foizga quladi. Freedom Finance Global ekspertlari Rossiya savdo maydonini jahondagi asosiy fond bozorlari orasida yil boshidan buyon kuzatilgan dinamikalar bo‘yicha «mutlaq autsayder» deb topdi.
Kriptovalyutalar bozorining 2022-yildagi yo‘qotishi — $1,7 trln, deb xabar berdi Financial Times.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter