Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 7 yashar qizcha halok bo‘ldi

Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 7 yashar qizcha halok bo‘ldi

Foto:«Tergov.uz»

5-avgust kuni 19 yoshli S.S. «Kamaz» avtomashinasida Kitob tumanining ichki yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan 7 yoshli Sh.A.(ayol)ni avtomashinasi bilan urib yuborib, yo‘l-transport xodisasi sodir qilgan.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Sh.A., voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring