19-aprel. Ispan merosi, Panama kanali, 265-papa, «VAZ-2101» sotuvda va boshqa muhim voqealar

- Mustaqillik kuni (Venesuela).
- Respublika kuni (Serra-Leone).
- Poligrafiyachilar kuni (Rossiya).
Voqea-hodisalar
- 1648 yil — Hollandiya-Portugaliya urushi: Gurarapis tepaliklaridagi birinchi jang portugallarning g‘alabasi bilan tugadi.
- 1706 yil — Ispan merosi urushlar: Kalchinato jangida fransuz-ispan qo‘shini zafar quchdi.
- 1775 yil — Leksington va Konkordda britan va amerika harbiylari to‘qnashuvi. Amerikada mustaqillik uchun urush boshlandi.
- 1783 yil — Yekaterina II Qirim va Kuban viloyatini Rossiyaga qo‘shib olish to‘g‘risidagi manifestni imzoladi.
- 1809 yil — Varshava hersogligi va Avstriya o‘rtasidagi Rashin jangida Yuzef Ponyatkovskiy boshchiligidagi polyak armiyasi g‘alaba qozondi.
- 1810 yil — Karakasda xalq isyoni. Venesuelada Ispaniyadan mustaqillik uchun kurash boshlandi.
- 1825 yil — Urugvay daryosining sharqiy qirg‘og‘iga O‘ttiz uch nafar oriyentalis (isyonchi) guruhining tushirilishi. Bu voqea mustaqil Urugvay davlatining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
- 1839 yil — London shartnomasi asosida Belgiya Niderlandiyadan mustaqil deb tan olindi.
- 1850 yil — Angliya va AQSh Panama kanalini birgalikda qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi (keyinchalik bu ishni AQSh yakka o‘zi bajardi).
- 1897 yil — Bostonda birinchi marafon o‘tkazildi (hozir ham o‘tkaziladi).
- 1919 yil — Lesli Leroy Irvin birinchi marta aeroplandan parashyut yordamida sakradi.
- 1919 yil — Polsha armiyasi Litbel (Litva-Belarus sovet respublikasi) poytaxti Vilnyusni egalladi.
- 1928 yil — ingliz tilining Oksford lug‘ati birinchi nashri chiqdi.
- 1933 yil — AQShda oltin standarti bekor qilindi.
- 1941 yil — AQSh senati Isroilda yahudiy davlati tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyusiyani qabul qildi.
- 1947 yil — «Hindiston milliy kongressi» partiyasi mamlakatni Hindiston va Pokistonga ajratishga roziligini bildirdi.
- 1960 yil — Janubiy Koreya prezidenti saylovi natijalarini qalbakilashtirishga qarshi Seulda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
- 1965 yil — Gordon Murning mashhur «Mur qonuni» shakllantirildi. Unga ko‘ra mikroprotsessor kristalidagi tranzistorlar soni har ikki yilda ikki baravarga ko‘payib boradi.
- 1970 yil — Volga avtomobil zavodi bosh konveyerida birinchi «VAZ-2101» yig‘ildi.
- 1971 yil — birinchi sovet orbital stansiyasi — «Salyut» fazoga chiqarildi.
- 1975 yil — Hindistonning birinchi sun’iy yo‘ldoshi «Ariabata» sovet raketasi orqali fazoga chiqarildi.
- 1977 yil — Moe(Estoniya)da «An-24» samolyoti halokati; 21 kishi halok bo‘ldi.
- 1984 yil — Avstraliya milliy madhiyasi rasman tasdiqlandi.
- 1995 yil — Oklaxoma-Sitida terakt yuz berdi; 168 inson halok bo‘ldi. Bu AQSh tarixidagi birinchi eng yirik terrorchilik hujumi edi.
- 2000 yil — Markaziy Ruminiyada Yevropadagi eng yirik oltin koni ochildi.
- 2005 yil — Vatikan o‘z tarixidagi 265-papani sayladi. Yangi papa Benedikt XVI nomini qabul qilgan kardinal Yozef Ratsinger bo‘ldi.
Tavallud kunlari
- 1795 yil — Xristian Gotfrid Erenberg, nemis biologi, mikropaleontologiya asoschisi.
- 1801 yil — Gustav Teodor Fexner, nemis fizigi, faylasuf, psixofizika asoschisi.
- 1905 yil — Jim Mollison, shotland uchuvchisi, aviatsiya pionerlaridan biri.
- 1912 yil — Glenn Teodor Siborg, amerikalik kimyogar-yadroshunos, plutonni kashf etgan, Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
- 1922 yil — Erix Hartmann, nemis uchuvchisi, havo janglari tarixidagi eng muvaffaqiyatli uchuvchi.
- 1968 yil — Eshli Jadd, amerikalik aktrisa.
- 1970 yil — Migel Luis, ispan estrada xonandasi.
- 1978 yil — Jeyms Edvard Franko, amerikalik aktyor.
- 1987 yil — Jo Hart, ingliz futbolchisi, darvozabon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter