Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 yildan so‘ng Turkiya go‘zalining vasiyati bo‘yicha mojaroli sud jarayoni tugadi

18 yildan so‘ng Turkiya go‘zalining vasiyati bo‘yicha mojaroli sud jarayoni tugadi

Foto: «Hurriyetdailynews.com»

Istanbulda o‘t o‘chiruvchilarga o‘z boyligini meros qilib qoldirgan 2003-yilda vafot etgan Turkiya go‘zallik malikasining merosi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda «Hurriyetdailynews.com» xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, 1999-yilda o‘t o‘chirish stansiyasi xodimlari «Turkiya go‘zali» unvoni sohibi Birsen Shakaog‘lu hayotini saqlab qolishgan. Buning evaziga minnatdorchilik sifatida 94 yoshli ayol vafotidan oldin 2,9 million dollarlik boyligini o‘t o‘chiruvchilarga vasiyat qilib qoldirgan.

Bu qaror marhumaning akasiga yoqmagan. U singlisi o‘zida emasligini da’vo qilib, sudga murojaat qildi. Erkak vafot etgach, o‘g‘illari ishni davom ettirishdi.

Biroq qariyb 18 yil o‘tgach Istanbul kassatsiya sudi Shakaog‘lu vasiyatini qondirish va uning boyligini o‘t o‘chirish bo‘limi xodimlariga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring