18 nafar rossiyalikka «milliy manfaatlar»dan kelib chiqib fuqarolik berildi – IIV
18 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.
Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (IIV MFRBB) boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Muhamedov ma’lum qildi.
– «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni 21-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonning milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Prezident tomonidan chet davlatlarning fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qonunda belgilangan talablar (chet davlat fuqaroligidan voz kechishi, respublika hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida 5 yil muqim yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo‘lishi, davlat tilini lozim darajada bilishi) qo‘llanilmagan holda O‘zbekiston fuqaroligini berishi mumkinligi belgilangan.
Hozirga qadar 18 nafar Rossiya fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan», – deydi IIV vakili.
Qayd etilishicha, Rossiya fuqarolarining aksariyati O‘zbekistonga doimiy yashash yoki fuqaroligini qabul qilish maqsadida emas, vaqtincha yashash maqsadida kirib kelmoqdalar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 9 oyi davomida IIV MFRBB hududiy bo‘linmalari tomonidan 1 646 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar turgan joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2022-yilning 9 oyi davomida 1 821 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy ro‘yxatga olingan. Ularga chet el fuqarosi uchun mo‘ljallangan yashash guvohnomasi – ID-kartalar rasmiylashtirib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan 9 oyida O‘zbekistonga kirib kelgan Rossiya fuqarolari soni haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter