17-aprel. Kolumbning «Hindistoni», soqol solig‘i, mustang, fuqaroligi yo‘q Nitsshe va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Jahon gemofiliklar kuni (qon ivishi patologiyasi bor insonlarga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladi).
- Bayroq kuni (Amerika Samoasi).
- Yong‘inga qarshi kurashish xizmati kuni (Qozog‘iston).
- Aksilinqilob ustidan qozonilgan g‘alaba kuni (Kuba).
- Mustaqillik kuni (Suriya).
- Bolalarni himoya qilish kuni (Yaponiya).
Voqea-hodisalar
- 1492-yil — Xristofor Kolumb Hindistonga yangi yo‘l ochish bo‘yicha Ispaniya bilan shartnoma tuzdi.
- 1555-yil — Kozimo I o‘n besh oylik qamaldan so‘ng Siyenani zabt etdi va Toskanaga qo‘shib oldi.
- 1610-yil — ingliz tadqiqotchisi Henri Gudzon ekspeditsiyasi boshlandi va u keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan Gudzon ko‘rfazini kashf qildi.
- 1722-yil — Pyotr I Rossiya imperiyasida soqol qo‘yib yurganlar uchun yiliga 50 rubllik soliq joriy etdi.
- 1839-yil — Markaziy Amerika respublikalari federatsiyasi tarqab ketgach, Gvatemala vujudga keldi.
- 1856-yil — Kvebek shahri Kanada poytaxtiga aylandi.
- 1861-yil — Virjiniya shtati AQShdan ajralib chiqishga qaror qildi.
- 1869-yil — faylasuf Fridrix Nitsshe Prussiya fuqaroligidan mahrum etildi.
- 1875-yil — Hindistondagi britan armiyasi polkovnigi Nevill Chemberlen bilyardning «snuker» turini o‘ylab topdi.
- 1877-yil — Lev Tolstoy «Anna Karenina» romanini yozib tugatdi.
- 1895-yil — Yaponiya-Xitoy urushining tugashi.
- 1912-yil — Lenskiy otishmasi. Rossiyaning Bodaybo tumanidagi Lenskiy oltin konida ishchilarning ish tashlashi va hukumat askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 150-270 kishi halok bo‘lgan.
- 1919-yil — Fransiyada sakkiz soatlik ish kuni joriy etildi.
- 1924-yil — Hollivudning «Metro-Goldwyn-Mayer» studiyasi tashkil etildi.
- 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: Yugoslaviya armiyasi taslim bo‘ldi.
- 1946-yil — Fransiya Suriya mustaqilligini tan oldi.
- 1961-yil — Fidel Kastro tuzumini ag‘darib tashlash uchun Kochinos ko‘rfaziga kubalik muhojirlarning tushirilishi.
- 1964-yil — «Ford Motor Company» tomonidan «Ford Mustang» avtomobillarini chiqarish boshlandi.
- 1969-yil — Buyuk Britaniyada saylovda qatnashish yoshi 21 dan 18 ga tushirildi.
- 1970-yil — Pol Makkartni birinchi — «McCartney» albomini yaratdi.
- 1975-yil — Kambodjadagi fuqarolar urushi: qizil kxmerlar poytaxt Pnompenni egallashdi.
- 1980-yil — Janubiy Rodeziya Zambiya deb atala boshlandi.
- 1982-yil — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadani to‘liq mustaqil deb e’lon qildi.
Tavallud kunlari
- 1573-yil — Maksimilian I, Bavariya kurfyursti, gersog.
- 1837-yil — Jon Pirpont Morgan, «Jeneral elektrik» kompaniyasi asoschisi.
- 1866-yil — Ernest Starling, ingliz fiziologi, tibbiyotga «gormon» atamasini olib kirgan.
- 1911-yil — Erve Bazen, fransuz yozuvchisi, Gonkur akademiyasi prezidenti.
- 1918-yil — Uilyam Xolden, amerikalik aktyor, «Oskar» sohibi.
- 1929-yil — Jeyms Last, nemis bastakori, aranjirovkachi va dirijyor.
- 1959-yil — Shon Bin, britaniyalik aktyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter