16 yoshga to‘lmagan o‘quvchilarga uyatsiz-buzuq harakatlar qilishda ayblangan shaxs qo‘lga olindi
Telegram messenjerida maktab o‘quvchilarining onalari Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashishayotgani xabar tarqalgandi.
Ushbu ota-onalari bilan suhbat o‘tkazilgan va ularning o‘zi, o‘quvchilar, mahalliy aholi ishtirokida gumonlanuvchining ehtimoliy qiyofasi tuzilgan. Natijada 27 yoshli O.D. qo‘lga tushgan. Maktab o‘quvchilaridan biri ushlangan shaxs o‘sha erkak ekanini bildirgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter