Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1,6 millionta ilmiy ish — tarixiy rekord

1,6 millionta ilmiy ish — tarixiy rekord

Foto: commons.com.ua

Jahon bo‘yicha 2018-yilda 1,6 millionta ilmiy ish yozildi — bu tarixiy rekord ko‘rsatkichdir, deb yozmoqda «Xaytek».

Ilmiy ishlar soni yildan-yilga ko‘paymoqda, asosiy o‘sish rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda — qo‘shimcha qilinadi «Nature» ma’lumotida.

«Web of Science» ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy ishlar soni 2018-yil davomida 5 foizga ko‘paydi — ilmiy bazaga 1,6 millionta yangi ish qo‘shildi. Bu jahon fani tarixidagi eng katta ko‘rsatkich.

Mamlakatlar misolida qaralsa, ilmiy ishlar soni Misrda 21 foizga, Pokistonda 15,9 foizga, Xitoyda 15 foizga ko‘paydi. Hindiston, Braziliya, Meksika va Eronda ilmiy salohiyat o‘sishi 8 foizga yetdi. Shuni eslatish kerakki, 1980-yilda jahon bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarning 90 foizi AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyaga to‘g‘ri kelgandi.

Ilmiy ishlar soni bo‘yicha yetakchi mamlakatlar

AQSh bu borada yetakchi, Xitoy unga yetishi uchun 35 mingta maqola yetmadi, ammo bu so‘nggi yillardagi eng kichik farq. Xitoyliklar shu sur’atda 2019-yildayoq amerikaliklardan o‘zib ketishadi.

Ilmiy maqolalar soni eng tez o‘sayotgan mamlakatlar

Ekspertlar xitoyliklarning ilmiy maqolalari nafaqat son, balki iqtibos keltirilishi jihatidan ham o‘sayotganini ta’kidlashdi — bu juda muhim omil. Biroq yanada komillikka erishish uchun axborotdan foydalanish imkoniyatlarining ochilishi hamda senzuraning olib tashlanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring