Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2-aprel. Yuliy Sezar, Angliya-Argentina mojarosi, Yosir Arofat siyosiy sahnada, 13 yillik serial va boshqa voqealar 

2-aprel. Yuliy Sezar, Angliya-Argentina mojarosi, Yosir Arofat siyosiy sahnada, 13 yillik serial va boshqa voqealar 

Foto: «svadbagoda.org»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro bolalar kitoblari kuni.
  • Xalqaro autizm muammosi haqida axborot tarqatish kuni.
  • Malvin orollari kuni (Argentina).
  • Xalqlar birdamligi kuni (Rossiya).

Voqea-hodisalar

  • 47-yil (mil. avv) — Pontiy shohi Farnakni yenggan Yuliy Sezar mashhur iborasini qo‘lladi: «Keldim, ko‘rdim, yengdim».
  • 1512-yil — ispan dengizchisi Ponse de Leon o‘zi kashf etgan yerni Florida deb atadi.
  • 1525-yil — Germaniyada Tomas Myunser boshchiligidagi dehqonlar urushi boshlandi.
  • 1794-yil — dunyodagi birinchi aviakompaniya — «Aerostiers»ga asos solindi. Oradan ikki oy o‘tib havo sharlari razvedga ishlarida qo‘llandi.
  • 1860-yil — Birlashgan Italiyaning birinchi parlamenti Turinda yig‘ildi.
  • 1905-yil — Alp tog‘i orqali Italiya va Shveysariyani bog‘lovchi tunnel ochildi.
  • 1912-yil — «Titanik» kemasi ilk sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
  • 1958-yil — Uichito-Fols(Texas)da 450 km/soat tezlikdagi tornado qayd etildi.
  • 1963-yil — Oyni o‘rganish va o‘zlashtirish uchun «Luna-4» sayyoralararo stansiyasi fazoga chiqarildi.
  • 1970-yil — Qatar Buyuk Britaniyadan mustaqillikni qo‘lga kiritdi.
  • 1978-yil — Amerikaning «CBS» telekanalida «Dallas» seriali efirga uzatila boshlandi. Bu loyiha besh haftaga mo‘ljallangan miniserial edi. Ammo unga qiziqish kattaligidan serial 13 yil davom etdi.
  • 1982-yil — Folklend (Malvin) orollari tufayli Angliya-Argentina qurolli to‘qnashuvi kelib chiqdi.
  • 1989-yil — Falastin milliy kengashi markaziy qo‘mitasi Yosir Arofatni o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Falastin davlatining prezidenti etib sayladi.

Tavallud kunlari

  • 747-yil — Buyuk Karl, franklar qiroli (814-y.v.e.).
  • 1618-yil — Franchesko Mariya Grimaldi, italyan fizigi va astronomi, Oyning birinchi xaritasini tuzgan (1663-y.v.e.).
  • 1805-yil — Hans Kristian Andersen, daniyalik yozuvchi, shoir va ertakchi (1875-y.v.e.).
  • 1840-yil — Emil Zolya, fransuz yozuvchisi (1902-y.v.e.).
  • 1927-yil — Ferens Pushkash, venger futbol yulduzi (2006-y.v.e.).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring