Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13 soat bir yilga teng: olimlar g‘aroyib sayyorani kashf etishdi

13 soat bir yilga teng: olimlar g‘aroyib sayyorani kashf etishdi

Xalqaro astronomlar jamoasi orbital davri o‘ta qisqa bo‘lgan yangi ekzosayyorani topdi. Wolf 327 deb nomlangan ob’yekt hajmi Yernikidan taxminan 2,5 barobar kattaroqdir.

Bu kashfiyot NASA sun’iy yo‘ldoshi yordamida amalga oshirildi. Bugungi kunga qadar u 7000 ga yaqin potensial ekzosayyoralarni kashf etgan. Ulardan 415 tasining mavjudligi allaqachon ilmiy jihatdan isbotlangan. Bu haqda The Astrophysical Journal xabar bermoqda. 

Yangi sayyora qizil mitti yulduz atrofida aylanadi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, uning zichligi 7,24 g / sm3 (Yer uchun 5,51 g / sm3).

Wolf 327  o‘z yulduzi atrofida har 13,7 soatda aylanadi. Ularning orasidagi masofa 0,01 astronomik birlik (1 birlik Quyosh va Yer orasidagi taxminiy masofa). Sayyoraning harorati taxminan 1000 Kelvin (726 daraja Selsiy).

Ob’yekt «o‘ta qisqa muddatli super Yer» sifatida tasniflangan. Olimlar uning ichki tarkibi Merkuriyga o‘xshash toshloq  ekanligini taxmin qilishdi. Ko‘rinib turibdiki, u nozik mantiya qatlami bilan o‘ralgan katta temir yadroga ega. Kichik vodorod-geliy atmosferasi ham mavjud bo‘lishi mumkin.

Qizil mitti yulduz Quyoshdan 93 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Uning yoshi 4,1 milliard yil deb baholanadi. Uning kattaligi va massasi quyoshning atigi 40 foizini tashkil qiladi.

Olimlar bu tizimda boshqa sayyoralar ham borligini taxmin qilishdi. Ammo ular hali aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring