127 nafar «kadastr» xodimining 33 nafari qayta jinoyat sodir etgan – Aksilkorrupsiya agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kadastr agentligida ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qildi.
Qayd etilishicha, sohaga oid 9 ta xizmat turi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritgan.
Aksilkorrupsiya hisobotida qayd etilishicha, kadastr sohasidagi korrupsiyaviy jinoyatlarning aksariyati xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qilish, mansab soxtakorligi va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish yo‘nalishlarida sodir etilmoqda.
Misol uchun, firibgarlik yo‘li bilan pora berishga dalolat qilish va pora berish jinoyatini sodir etgan 127 nafar shaxsning 33 nafari muqaddam shu kabi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.
Bundan tashqari, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) bo‘limlarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarda korrupsiyaviy jinoyatlar 29 foizni tashkil qiladi.
O‘rganish va tahlillar natijalari bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter