12 yoshga to‘lmagan qizga zo‘rlik qilgan o‘zbekistonlik ushlandi
Rossiyadagi Cherepovets shahar sudi O‘zbekistonning 32 yoshli fuqarosini hibsga olishga hukm chiqargan. Unga nisbatan jinoiy ish 18 iyun kuni qo‘zg‘atilgan.
O‘zbek fuqarosi 12 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Bunday yoshdagi bolalar yordamga muhtoj bo‘lgani uchun jinoyat og‘ir deb hisoblanadi.
Sud da’vo arizasini ko‘rib chiqib, gumondorni 2 oyga hibsga olishga hukm chiqargan.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga zo‘rlik qilish 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter