12-may. Napoleonning sharti, Sichuan zilzilasi, revansh jangi, Marseloning «kichik yubileyi» va boshqa voqealar
Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro hamshiralar kuni.
- Armiya kuni (Serbiya).
Voqea-hodisalar
- 1364-yil — Krakov(Polsha)da Yagellon universitetiga asos solindi.
- 1664-yil — Versalda Molerning «Tartyuf» komediyasi premerasi bo‘lib o‘tdi.
- 1780-yil — AQSh mustaqilligi uchun urush: qamaldagi Charlston taslim bo‘ldi — kontinental armiyaning yirik mag‘lubiyati.
- 1797-yil — Venetsiya general Bonapartning ultimatumini qabul qildi — Venetsiya respublikasi tugatildi.
- 1830-yil — Ekvador respublikasi tashkil etildi.
- 1870-yil — Manitoba Kanada viloyatiga aylandi.
- 1881-yil — Tunis Fransiya boshqaruviga o‘tdi.
- 1922-yil — Gruziya politexnika instituti tashkil topdi.
- 1926-yil — Polshada davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, Yuzef Pilsudskiy hukumatni o‘z qo‘liga oldi.
- 1961-yil — Mixail Botvinnik revansh jangida Mixail Talni yengib, shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qaytarib oldi.
- 1965-yil — G‘arbiy Germaniya Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi; arab mamlakatlari Bonn bilan aloqalarni uzdi.
- 1991-yil — Mixail Gorbachyov va Boris Yelsin yangi Ittifoq shartnomasini imzolashga kelishib olishdi.
- 1993-yil — Estoniya Yevropa Ittifoqiga qabul qilindi.
- 2004-yil — Fransiyada 57-Kann kinofestivali ochildi.
- 2008-yil — Sichuan zilzilasi. Xitoy markazida yuz bergan Rixter shkalasi bo‘yicha 7,9 balli zilzila 69 197 kishini hayotdan olib ketdi, 18 ming kishi bedarak yo‘qoldi, 288 431 kishi jarohat oldi.
- 2010-yil — internetdagi kirill alifbosidagi ilk domen — .rf (Rossiya) ishga tushdi.
- 2017-yil — «WannaCry» virusi tarqashni boshladi, u 150dan ortiq mamlakatlardagi 200 mingdan ziyod kompyuterlarni ishdan chiqardi.
Tavallud kunlari
- 1496-yil — Gustav I Vasa, Shvetsiya qiroli.
- 1803-yil — Yustus fon Libix, agrokimyo asoschilaridan biri.
- 1874-yil — Klemens Pirke, tuberkulyoz tashxisi uchun terini tekshirish usulini (Pirke reaksiyasi) ishlab chiqqan.
- 1907-yil — Ketrin Xepbyorn, amerikalik kinoaktrisa, to‘rt karra «Oskar» sohibasi.
- 1950-yil — Gebriel Birn, irland kinoaktyori.
- 1988-yil — Marselo, braziliyalik futbolchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter