Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10-aprel. Fazodagi birinchi bolgar, «Titanik», Stalin nomidagi shahar, Roberto Karlos 45 yoshda va boshqa voqealar

10-aprel. Fazodagi birinchi bolgar, «Titanik», Stalin nomidagi shahar, Roberto Karlos 45 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro qarshilik ko‘rsatish harakati kuni (Ikkinchi jahon urushi yillarida bosib olingan yerlarda bosqinchilarga qarshi kurashganlar xotirasiga bag‘ishlangan kun).
  • Quruvchilar kuni (Ozarbayjon).
  • Odessa ozod qilingan kun (Ukraina).

Voqea-hodisalar

  • 1710-yil — Angliyada «Qirolicha Anna statuti» — mualliflik huquqi to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi qonun kuchga kirdi.
  • 1722-yil — Pyotr I farmoni bilan Sankt-Peterburgda ob-havoni muntazam kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
  • 1741-yil — Molvits jangi. Avstriya merosi uchun urushlardagi bu jangda Prussiya va Avstriya armiyasi to‘qnash keldi. Garchi ko‘proq odam yo‘qotgan bo‘lsa-da, pruss armiyasi g‘alaba qozongan.
  • 1814-yil — Gissen universiteti 13 yoshli Karl Vittega fan doktori unvonini berdi. Shundan beri hech kim bu rekordni yangilamagan.
  • 1820-yil — ilk britaniyaliklar Algoa(Janubiy Afrika)ga ko‘chib kelishdi.
  • 1833-yil — gugurt ishlab chiqarish boshlandi.
  • 1841-yil — «New York Tribune» gazetasining birinchi soni chiqdi.
  • 1841-yil — Kanadada Galifaks shahriga asos solindi.
  • 1849-yil — amerikalik Uolter Hant xavfsiz to‘g‘nag‘ich uchun patent oldi.
  • 1912-yil — Britaniyaning «Titanik» kemasi Sauthempton portidan o‘zining birinchi va so‘nggi safariga chiqdi.
  • 1925-yil — Rossiyaning Saritsin shahri Stalingrad deb nomlandi (hozir Volgograd).
  • 1937-yil — Kanadaning «Air Canada» (1964-yilgacha — «Trans-Canada Airlines») aviakompaniyasiga asos solindi.
  • 1940-yil — Islandiya Daniyadan ajralib chiqdi.
  • 1941-yil — Tobruk qamali boshlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilarining Germaniya-Italiyaga qarshi Shimoliy Afrika kampaniyasida Liviyadagi bu istehkom muhim ahamiyat kasb etgan. Qamal 240 kun davom etgan.
  • 1944-yil — Odessa Germaniya okkupatsiyasidan ozod qilindi.
  • 1963-yil — AQShning «Tresher» atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi. Ekipajning barcha a’zolari halok bo‘ldi.
  • 1972-yil — Bakteriologik qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya imzolandi.
  • 1979-yil — Bolgariyaning birinchi kosmonavti Georgiy Ivanov fazoga uchdi.
  • 1988-yil — Yaponiyaning Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘lovchi 9 kilometrlik ko‘prik ochildi.
  • 2010-yil — Smolenskda «Tu-154» samolyoti halokatga uchradi. Jami 96 kishi, jumladan, Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va boshqa arboblar halok bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1583-yil — Hugo Grotsiy, holland huquqshunosi, xalqaro huquq asoschilaridan biri.
  • 1651-yil — Erenfrid Valter fon Chirngauz, nemis faylasufi, matematik, ixtirochi, Yevropa oq chinnisini ixtiro qilgan.
  • 1707-yil — Jon Pringl, shotland shifokori, harbiy tibbiyot asoschilaridan biri.
  • 1727-yil — Samuel Heynike, nemis pedagogi, kar-soqovlarni o‘qitish usulini o‘ylab topgan.
  • 1766-yil — Jon Lesli, shotland fizik-tadqiqotchisi va matematigi, birinchi bo‘lib (1817-y.) sun’iy muz olish usulini taklif qilgan.
  • 1810-yil — Benjamin Henri Dey, amerikalik jurnalist, «Nyu-York San» gazetasi asoschisi.
  • 1838-yil — Frenk Stiven Bolduin, amerikalik ixtirochi, arifmometr va kalkulyatorni ixtiro qilgan.
  • 1847-yil — Jozef Pulitser, amerikalik jurnalist, noshir, jurnalistika sohasidagi Pulitser mukofoti ta’sischisi.
  • 1863-yil — Pol-Lui-Tussen Eru, fransuz muhandis-kimyogari. Alyumin elektrolizi va po‘latni elektrda eritish usullari muallifi.
  • 1865-yil — Jek Mayner, kanadalik tabiatshunos, qushlarni o‘rganish jamg‘armasi asoschisi.
  • 1894-yil — Abdulla Qodiriy, o‘zbek yozuvchisi, o‘zbek romanchiligining asoschisi.
  • 1932-yil — Umar Sharif, Amerika-Misr aktyori.
  • 1952-yil — Stiven Sigal, amerikalik aktyor, prodyuser, rejissyor, jang san’atlari ustasi.
  • 1973-yil — Roberto Karlos, braziliyalik futbolchi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring