Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday kitoblar miyani oziqlantirib, hayotni yaxshilaydi — ekspertlar

Qanday kitoblar miyani oziqlantirib, hayotni yaxshilaydi — ekspertlar

Foto: «RIA Novosti»

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, motivatsiya beruvchi psixologik kitoblar emas, balki klassik adabiyot inson miyasini oziqlantirib, hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda

Ekspertlar ruhiy siqilish, surunkali xastaliklar va hatto demensiya (odatda yoshi ulug‘larda kuzatiladigan kognitiv funksiyalarning buzilishi)da «o‘zingga o‘zing yordam ber» toifasidagi kitoblardan voz kechib, yaxshisi, mumtoz adabiyot namunalari, masalan, Charlz Dikkens, Lev Tolstoy yoki Jeyn Ostin kabi yozuvchilarning asarlarini mutolaa qilishni tavsiya qilishmoqda.

Liperpul universiteti professori Filipp Devisning uqtirishicha, mumtoz adabiyot mutolaasi hissiyot va tasavvurni erkinlikka chiqarib, odamlarga o‘zlarini «yanada tirikroq» his etish imkonini beradiki, o‘z-o‘zidan har xil kasalliklar simptomlari yengillashadi.

Motivatsion kitoblar bilan esa bunday emas, chunki ularni o‘qish jarayoni shunchaki ko‘nikma berib, miyadagi qayg‘uli o‘y-xayollarni quva olmaydi.

Kitob o‘qish keksayganda ham xotiraning yaxshi saqlanishida yordam berishi allaqachonlar isbotlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring